25-Variant Kriptografiyaning asosiy bulimlari, simmetrik kalitli, ochik kalitli va xesh- funktsiyalarni tushuntiring


Download 74.49 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi74.49 Kb.
#1598120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Киберхавфсизлик асослари фанидан оралиқ назорат саволлари

Xesh-funktsiyalar
Elektron imzo va xesh-funktsiyalar Electron raqamli imzoni hosil qilish, uni tekshirish, raqamli valyutalar bilan ishlash kabi bir qancha kriptografik operatsiyalar (o’zgartirishlar) chegaralangan ma’lumotlar ustida bajariladi. Shuning uchu ham katta hajmdagi (masalan, 125 megabaytli ma’lumot) fayllarga electron raqamli imzo qo’yishdan avval undan xesh-funktsiya hisoblanadi va shundan so’ng uning qiymatiga electron raqamli imzoni hisoblaydilar. Undan tashqari, parollarni ham ma’lumotlar bazasida ochiq xolda emas, balki xeshlangan xolda saqlash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib Xesh – istalgan uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan aniqlangan uzunlikdagi qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan o’zgartirishdir. Xeshfunktsiyani tushunish uchun eng oddiy misol nazorat yig’indilarini hisoblashdir (kontrol’nie summi). Xeshlashning dasturiy va kriptografik turlari mavjud. Kriptografik xesh dasturiy xeshdan ikki xossasi bilan farqlanadi: orqaga qaytmaslik va kolliziyalardan ozodligi.
Kalitsiz xesh funktsiyalar ikki guruhga bo’linadilar:
Kuchli xesh-funktsiyalar va kuchsiz xesh-funktsiyalar.
Kuchsiz xesh funktsiya deb, quyidagi shartlarni bajaruvchi bir tomonlama H(x) funktsiyaga aytiladi:
1) X argument istalgan uzunlikdagi bitlar qatori bo’lishi mumkin;
2) H(x) funktsiyaning qiymati aniq uzunlikka ega bo’lgan bitlar qatori bo’lishi lozim;
3) H(x) funktsiyaning qiymatini hisoblash oson bo’lishi kerak;
4) Har qanday aniq x uchun hisob-kitoblar vositasida H(x* ) = H(x) bo’ladigan x * ! = x qiymatini topish mumkin bo’lmasin. H(x* ) = H(x) xolatidagi x * ! = x juftligi xesh-funktsiyaning kolliziyasi deb ataladi. Kuchli xesh-funktsuya deb kuchsiz funktsiya uchun yuqoridagi 1-3 shartlarni va quyidagi 5-shartni bajaradigan bir tomonlama H(x) funktsiyaga aytiladi:
5) H(x* ) = H(x) bo’ladigan har qanday x * ! = x qiymatini hech qanday hisob-kitoblar yordamida topish mumkin bo’lmaydi. Har qanday simvollar ketma-ketligi kabi, elektron raqamli imzoni hisoblashning formulasini matematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: S = F (h(M), Ks) Bu yerda M – ma’lumot matni, Ks – mahfiy kalit, h(M) – xeshlashtirish funktsiyasi.
Yuqorida keltirilgan ifodaga ko’ra, electron raqamli imzoni xosil qilish uchun boshlang’ich xomashyo sifatida ma’lumotning o’zi emas, balki uning xeshi olinadi (ya’ni, ma’lumotning xesh-funktsiya yordamida xosil bo’lgan natijasidan foydalaniladi).
Chunki imzo bilan tasdiqlanuvchi matn kattaligi noldan to bir necha megabaytgacha bo’lishi mumkin. Ayniqsa mu matn grafik elementlarga ega bo’lsa, yanada kattalashib ketishi mumkin
Xozirgi paytda eng keng tarqalgan xesh-funktsiyalar algoritmlari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
 Rossiyada qo’llaniladigan standart ГОСТ З 34.11-94 xesh-kattalikni 32 bayt kattalikda hisoblaydi.
MDx (Message Digest) – chet mamlakatlarda eng ko’p tarqalgan xeshlashtirish algoritmlari oilasi. Masalan, MD5 Microsoft Windows ning oxirgi versiyalarida foydalanuvchi parolini 16 baytli songa aylantirishdan foydalaniladi.
 SHA-1 (Secure Hash Algorithm)
– kirish ma’lumotlarini 20 baytli xesh-miqdorga aylantirishning hisoblash algoritmi. Bu algoritm ham jahon miqyosida keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha ma’lumotlarni himoyalashning tarmoq protokollarida ishlatiladi.



  1. Download 74.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling