31. Munisning ta’lim sohasi rivojiga „Savodi ta’lim“asari bilan hissa qo‘shdi.Bu asar qachon yozilgan?
A) 1800-yilda B) 1802-yilda
C) 1804-yilda D) 1806-yilda
32. Madrasa ta’limning oliy bosqichi bo‘lib, unda diniy ilm bilan birgalikda yana qaysi fanlar o'qitilgan?
1. arab tili grammatikasi 2. Mantiq 3. nutq madaniyati 4. Geometriya 5. Matematika 6. Geografiya 7. Ttarix
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5,6,7
C) 1,3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4,5,6
33.Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.
1. Xiva xonligida boshqa ikki o‘zbek davlati -
Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligiga qaraganda
iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishga intilish kuchliroq edi. Buning sababi Xiva xonlarining maqsadi bilanizohlanadi.
2. Xonlarning maqsadi Xorazmning avvalgi salobatini
tiklash va O‘rta Osiyoning markazi bo‘lish edi. Ko‘hna Xorazm - bu o‘zbek davlatchiligining tamal toshi qo‘yilgan diyor. Bn diyorda ma’muniy xorazmshohlar davrida birinchi ilm-fan markazi – Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil etilgan. Shuningdek, Xorazm dunyoning eng yirik va qudratli saltanatlaridan biri - Anushtegin Xorazmshohlar saltanati vujudga kelgan yurt
3. Bu davr Xiva xonligi adabiyotida Amir Avazbiy o‘g‘li
Shermuhammad (taxallusi Munis Xorazmiy) va
uning jiyani Erniyozbek o‘g‘li Muhammad Rizo (taxallusi Ogahiy)lar alohida ajralib turadilar.
4. Munis Xorazmiy yoshlik chog‘laridan adabiyot va tarix faniga mehr qo‘ydi.
5. Ogahiy mirob oilasida tug‘ildi. Xiva madrasalarida ilm oldi. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini qunt bilan o‘rgandi
6. Munisningg‘azallari ,,Shashmaqom“ning hamma kuylariga tushadi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5,6
34. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri?
1. Xiva xonligida ham ta’lim ikki bosqichli
edi. Quyi bosqich - boshlang‘ich maktab
bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘qish-yozishni o‘rganganlar.
2. „Savodi ta’lim“ asari she’riy qo‘llanma bo’lib savod
chiqarishni yengillashtirishga, shuningdek, husnixatni rivojlantirishga morijallangan edi.
3. Madrasani bitirganlar qozi, uning yordamchisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar. Ayrimlari mudarrislik ham qilishgan.
4. Ta’limning barcha xarajatlari, mudarris va talabalarning ta’minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Do'stlaringiz bilan baham: |