27 amaliy ish egri chiziqli yuzalarni shaberlash ishning maqsadi


SHaberlarni charxlash va qirovini to’kish


Download 0.79 Mb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1111938
1   2   3
Bog'liq
27-amaliy egri chiziqli yuzalarni shaberlash

SHaberlarni charxlash va qirovini to’kish

1. Uch yoqli shaberni charxlash va qirovini to’kish.




1.CHarxlash stanogini ishga tayyorlashda uning himoya ekranchasi tekshiriladi, charxtoshga mahkam va aniq o’rnatilganligi, charxtosh va podruchnik orasidagi tirqish (2-3mm); podruchnikning puxta mahkamlanganligi mahalliy yoritishning qoniqarli ekanligi aniqlanadi va so’ngra himoya ekranchasi tushirilib, uskuna ishga tayyorlanadi. O’ng qo’l bilan shaberning dastasidan, chap qo’l barmoqlari bilan esa uning yoe chekkalarida joylashgan ariqchalar (novlar)dan ushlab turiladi, shaber ravon, yengil bosilib, charxtosh chetiga 450 ga yaqin burchak hosil qilib yaqinlashtiriladi. SHaber charxtoshning chetida siljitilib, kesuvchi qismining butun uch tomoni navbat bilan charxlanib, yumaloqlangan o’tkir qirrali yuza hosil qilinadi.
Uch yoqli shaber qayraladi (qirovi to’kiladi). Taxtada (1) mayda donli korund qayroq yoki jilvir qayroq (2) qo’zg’almaydigan va turg’un qilib o’rnatiladi. Qayroqning yuzasi mashina moyi bilan moylanadi, shaber (3) rasmda ko’rsatilganidek, qo’lga olinib charxlanadiva qirovi to’kiladi. SHaberning charxlanish sifati tekshiriladi-uning kesuvchi qirralari toza hamda silliq yuzali va o’tkir bo’lishi lozim; charxlash burchagi andoza yoki burchak o’lchagich bilan tekshiriladi.



SHaberlashda xavfsizlik qoidalari
Egov va shaberlarning dastalari tig’iz o’rnatilgan bo’lishi lozim. SHaberlarni abraziv charxtoshda charxlashda himoya ko’zoynagi yoki ekranchalardan foydalanish kerak.
CHarxtoshda charxlanayotgan shaberni sovitib turish lozim.
Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigai xatolar hamda ularning oldini olish
Talabalar shaberlashda uchraydigan qiyinchiliklarningsabablari quyidagilardan iborat:
tekshirish taxtalarining sifatli emasligi (ish boshlashdan oldin taxtalarni nazorat taxtasiga binoan tekshirish lozim);
yakka tartibda ishlash uchun faqat bitta shaber bo’lganligi sababli shaberlash unumdorligining pastligi (har bir talabaga xomaki va tozalab shaberlash uchun ikkitadan shaber bo’lganligi ma’qul: birinchi holda shaberning ish qismi keng, kesuvchi qirrasining egriligi esa kam bo’lishi, ikkinchi holda shaber ensiz, uning egriligi esa katta bo’lishi kerak);
qayroqtoshlar yo’qligi yoki ularning sifati pastligi oqibatida yaxshi qayralmagan shaberda ishlov beriladigan yuzada chiziqlchalar va tirnalishlar hosil bo’lishi (shu bois shaberlarni abraziv materiallardan foydalanib, ishqalagichlar bilan qayrash maqbuldir).
Quyidagilar ham talabalarning xatolari jumlasiga kiradi:
shaberlash faqat bir yo’nalishda harakatlantirish bilan bajariladi, buning oqibatida talab etilgan aniqlikka erishib bo’lmaydi va detalga bo’yoq, yuritilganda dog’lar cho’ziq bo’lib chiqadi; bunday kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun dog’larni ko’ndalang yo’nalishda shaberlashga harakat qilish kerak;
ishlov beriladigan yuzaga taxtada bo’yoq, yuqtirishda faqat taxtaning o’rta qismidan foydalanadilar, bu esa taxtaning yeyilishini tezlatadi. SHuning uchun ishlov beriladigan yuzaga bo’yoq, tortishda tekshirish taxtasining butun yuzasidan foydalanish zarur;
shaberlashda e’tiborsizlikka yo’l qo’yadilar- buning oqibatida qirralar va burchaklardagi dog’lar shaberlanmasdan qoladi, bu hol detalga bo’yoq yuqtirilgandan keyin uning o’rta qismiga bo’yoq tegmasligiga olib keladi (talabalar bo’yoq yuqayotganini ko’rib, zagotovkaga qatgiq bosish bilan taxtaning yeyilishini tezlatadilar);
taxtaga ortiqcha bo’yoq surkaladi, bu zagotovkada normal bo’yoq qatlamiga o’xshash katta yuzali dog’lar hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday shaberlashda faqat chiziqlarnigina emas, balki chegaradosh botiqlarni shaberlash ham cho’zilib ketadi; talabalar, shuningdek, uzil-kesil (tozalab) shaberlashda xatoga yo’l qo’yadilar; bundan tashqari, tozalab shaberlashda bo’yoq qatlami iloji boricha kamrok, bo’lishiga erishishlari kerak.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling