27-Mavzu: Mikroprotsessor va raqamli hisoblash texnikasi vositalarining o`lchov sistemalarida qo`llanilishi
Download 36.13 Kb.
|
27-маъруза 2 кисм
- Bu sahifa navigatsiya:
- KR 584 seriyali mikroprotsessor
- KR 588 seriyali MP
- TTLSH - texnologiyali 1804 seriyali MP
- N - mdp texnologiyali va 83-K 1883 seriyali MP
- KIS ishlab chiqarish texnologiyalarining asosiy tavsiflari 2 – jadval
- Mahkamlangan
- Mikrokontrollerlar
- Sektsiyali komplektli KIS asosiy parametrlari5 – jadval
- Hisoblash vositalarining sxemalari.
27-Mavzu: Mikroprotsessor va raqamli hisoblash texnikasi vositalarining o`lchov sistemalarida qo`llanilishi Reja: MP larning tavsiflari. 2. Hisoblash vositalarining sxemalarini MP o`rta va yuqori integratsiyalangan tranzistor, yarim o`tkaz gichli va shunga o`hshash elementlardan tashkil topgan sxemalardan iboratdir. SHuning uchun ham MPning tuzilish texnologiyasi tranzistorlarning tuzilish texnologiyasidan aniqlanadi. Bilamizki, tranzistor va bloklar quyidagi texnologiyalar asosida qurilishi mumkin: D2 – MOP-ikki diffuziyali MOP-tranzistor; I2L — integral injeksiya logika asosida; I3L — integral injeksiya Izoplanar logika asosida; K — komplementarli; MDP — metall — dielektrik yarim o`tkazgichli; MOP — metall — okisel yarim o`tkazgichli; TTL — tranzistor — tranzistor logikasida; TTLSH — shotki bar`erli tranzistor-tranzistor logikasida; ESL — emmiterli bog’langan va shunga o`xshashlar. MPlarning tavsiflarini yaxshilash ularning texnologiyalarini o`zgartirib yaxshilab borish bilan bog’lik. MP yaratilish texnologiyasi bo`yicha asosan uchta avlodga bo`li nadi: — r — kanal asosidagi MOP-texnologiyali; — n — kanal asosidagi komplementarli MOP - texnologiyali; — bipolyar asosidagi texnologiyali. Birinchi avloddagi MP (1971 y.) buyruqlarni bajarishga ketgan vaqti (10-20 mks) va tanlanadigan buyruklarni chegaralanganligi, xotirasining kichikligi, adreslash turlari bilan tavsiflanadi. Ikkinchi avloddagi MP (1973 y.) birinchi avloddagiga nisbatan buyruklarga sarf etilgan vaqtning kamligi (2-5 mks), tanlanadigan buyruklarning ko`payganligi, xotirasining kattaligi va adreslash turlari bilan tavsiflanadi. Uchinchi avloddagi MP (1974 y.) bipolyar texnologiya asosida qurilgan. Bunday MPlar yuqori tezligi bilan tavsiflanadi (buyruqni bajarishga ketgan vaqt 50-300 mks), boshqarishi esa mikroprogramma negizidadir. Har xil mikroelektronika texnologiyasini qo`llash bir qancha turdagi har xil asosda qurilgan MP vositalarini qurishga imkon beradi. K-MOP texnologiyasi asosida qurilgan MPga K587, K588,... seriyadagi MPlar kiradi. Ular qurilmalarni juda kam elektr energiyasini iste`mol qilishini ta`minlaydi. n-MOP texnologiyasi asosida qurilgan MPga K580, K581, K1801 va shunga o`xshash seriyadagi MPlar kiradi. Ular eng ko`p elektron komponentlarning (sxemalarning) joylanishini ta`minlaydi. TTLDSH va eSL texnologiyasi asosida qurilgan MPga K589, K1802 va shunga o`xshash seriyadagi MPlar kiradi. Ular qurilmalarning yuqori tezlikda ishlashini ta`minlaydi (0.1 mks dan kichikroq). MP larning tavsiflari
KIS ishlab chiqarish texnologiyalarining asosiy tavsiflari 2 – jadval
Mahkamlangan buyruklar sistemali komplektlarning asosiy parmetrlari 3-jadval
Mikrokontrollerlarning asosiy parametrlari 4 – jadval
OZUga qiymatlar shinasidan to`g’ri murojaat qilish mumkin. Sektsiyali komplektli KIS asosiy parametrlari5 – jadval
Hisoblash vositalarining sxemalari. SHartli belgilari VE - mikroEHM; VM — mikroprotsessorlar; VS — mikroprotsessorlarning sektsiyalari; VU — mikroprogrammali boshqarish sxemasi; VR — funktsiyalarni (vazifalarni) kengaytirgichlar, qiymatlarni raz-ryadligini kengaytirgich; VB — sinxronizatsiyalovchi sxemalar; VN — vaqtincha to`xtatishni boshqaruvchi sxema; VV — kiritish/chiqarishni boshqaruvchi sxemalar (interfeys sxemalari); VT — xotirani boshqaruvchi sxemalar; VF — ma`lumotlarni funktsional o`zgartirgichlar (arifmetik, logarifmik...); VA — magistral bilan bog’lash sxemasi; V I — vaqt oralig’ini tashkil qiluvchi sxemalar; VX — mikrokal’kulyatorlar; VG75 — eLT uchun programmalashtiriladigan kontroller; VK — almashtiriladigan (kombinatsiyalanadigan) sxemalar; VJ — mahsuslangan sxemalar; VP — boshqa sxemalar. Raqamli qurilmalar: IR — registrlar; IM — summatorlar; IL — yarim summatorlar; IE — sanagichlar; IV — shifratorlar; ID — deshifratorlar; IK — aralashgan (kombinatsiyali); IA — arifmetik — logik qurilmalar; IP — boshqalar. Eslab qoluvchi qurilmalar: RI — OZU matritsalari; RV — PZU matritsalari; RU - OZU; RT — PZU — bir marta programmalashtiriladigan; RE — PZU G’ masochnie; RTS — PZU raqamli magnit diskasida; RR — Ko`p karrali elektrik qayta programmalashtiriladigan PZU; RF – Ma`lumotlarni elektrik usulda yozadigan va ultrafioletli nurlar orqali o`chiradigan PZU; RA — XK (assotsiyalovchi xotira qurilmasi); RP — boshqalar; FV, FN, FR, FEG FP - fil’trlar. Download 36.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling