279-modda. Bo‘ysunmaslik


-modda. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish


Download 35.04 Kb.
bet5/7
Sana22.07.2023
Hajmi35.04 Kb.
#1661784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЖПК

292-modda. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish
Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(292-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
293-modda. Jangovar navbatchilikni o‘tash qoidalarini buzish
Jangovar navbatchilikni o‘tash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qo‘riqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(293-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha qilmish O‘zbekiston Respublikasiga to‘satdan qilingan hujumni o‘z vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy mulkni behuda sarflash, ya’ni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan o‘zi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qo‘yishi —
(295-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(295-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari, texnika ta’minoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yo‘qotish yoki ishdan chiqarish, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling