279-modda. Bo‘ysunmaslik
-modda. Badanga shikast yetkazish
Download 35.04 Kb.
|
ЖПК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 285-modda. Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish
283-modda. Badanga shikast yetkazish
Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (283-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (283-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 285-modda. Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, ya’ni muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish — Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (285-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha qilmish: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa; v) badanga og‘ir shikast yetkazilishga sabab bo‘lsa, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish: a) odamlarning o‘limiga; b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Download 35.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling