279-modda. Bo‘ysunmaslik


-modda. Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi


Download 35.04 Kb.
bet7/7
Sana22.07.2023
Hajmi35.04 Kb.
#1661784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЖПК

301-modda. Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha qilmishlar badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazib, sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
O‘sha qilmishlar:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(302-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling