28–laboratoriya ishi yorug‘likning to‘lqin uzunligini nyuton xalqalari yordamida aniqdash


Download 20.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.11.2023
Hajmi20.19 Kb.
#1796074
Bog'liq
28-ish. Yorug‘likni tо‘lqin uzunligini Nyuton xаlqаlаri yordаmidа аniqlаsh.



28–LABORATORIYA ISHI 
YORUG‘LIKNING TO‘LQIN UZUNLIGINI NYUTON XALQALARI YORDAMIDA 
ANIQDASH. 
 

Tajribaning maqsadi: 
–oq yorug‘likni shisha prizmada spektral tashkil etuvchilarga ajratish. 
–dispersiyalangan yorug‘likni ikkinchi prizmada qayta sochilmasligini ko‘rsatish. 
–agar birinchi prizma ortidagi tirqishdan faqat bitta spektral komponent o‘tsa, unda 
ikkinchi prizmada bu yorug‘lik og‘adi, ammo sochilmaydi. Sindirish sirtlari bir–biriga 
perpendikulyar bo‘lgan ikkita yig‘ma prizmalardan iborat holda mazkur qoidani tekshirishdan 
iborat.
–birinchi prizma ortidagi oq yorug‘likning ajralgan spektrini birinchi prizmaga parallel 
joylashgan ikkinchi prizmadan o‘tishda spektral ranglarning rekombinatsiyasidan oq 
yorug‘likning yuzaga kelishini namoyon qilish. 
Asbob va uskunalar: Shisha prizma, elektr lampa 6
, lampa korpusi kabel bilan, asferik 
kondensor diafragma tutqich bilan, transformator 
V
12
6

, prizma stoli, sterjenda, prujinali 
qisqichli tutqich, kichik optik kursi, Leybold multi qisqichlari, aylanadigan xomit, to‘g‘ri 
burchakli sterjen, katta V–shaklsimon shtativ. 
NAZARIY MA’LUMOTLAR 
Prizma qurilmasi oq yorug‘likni asosiy ranglarga ajratish uchun qo‘llaniladi. Pirovardida
yorug‘lik ikkinchi bor ajralmaydi, ammo u yana qayta oq yorug‘likga o‘tish uchun birikishi 
mumkin. 
1666 yilda Isaak Nyuton 23 yoshida prizmalar bilan qilgan tajribalari, optikaning salmoqli 
taraqqiyotiga olib keldi, chunki u aksariyat tajribalari yordamida shisha prizmada yorug‘lik 
singanda yuzaga keladigan yorug‘likning dispersiyasini tajriba yo‘li bilan tushuntirib berdi. 
Nyuton o‘z tajribalarida quyoshni yorug‘lik manbasi sifatida foydalanganligini, proeksion 
yorug‘lik manbalari bilan umuman ishlamaganini e’tiborga olish kerak. Laboratoriya ishida bayon 
qilingan tajribalarda yorug‘lik manbasi sifatida cho‘g‘lanma lampadan foydalanilgan. 
Cho‘g‘lanma lampaning ekranga proeksiyalangan dispersiyalangan “oq” yorug‘ligining spektri 
kamalakda yuzaga keladigan ma’lum ranglar ketma–ketligidan iborat. Bundan tashqari, turli rangli 
yorug‘lik filtrlaridan foydalanilganda, alohida ranglarning og‘ishini namoyon qilish mumkin. 
Hatto filtrlardan foydalanganingizda ham, har bir rang spektrdagi o‘rniga mos tarzda og‘adi. 
Spektrning turli sohalari uchun prizmaning sindirish ko‘rsatgichi farq qiladi. Nyuton spektrdagi 
alohida sohalar mustaqil tarzda yana qayta ranglarga ajralmasligini ko‘rsatadi. Uning qurilmasida 
tirqish spektr ko‘rinadigan ekranga yo‘nalgan. Tirqishdan o‘tgan yorug‘lik monoxromatik va u 
boshqa ekranga tushishdan oldin minimal og‘ishli ikkinchi prizmadan o‘tadi. Ushbu ekranda 
garchi tasvir bir oz kengaysa ham, faqat tirqishdan o‘tgan rang kuzatiladi. Ammo, boshqa ranglar 
ko‘rinmaydi. 


Nyuton xuddi shunday natijani kesishgan prizmalar bilan olgan. Mazkur tajriba uchun 
ikkinchi prizma gorizantal joylashtirilgan sindiruvchi qirrasi bilan birinchisining ortiga 
o‘rnatilgan. Bunda yorug‘lik dastasi ikkala prizmada shunday og‘adiki, og‘gan spektr ekranga 
tushadi. Yorug‘likning rangli spektral sohalari ikkinchi prizmada ham xuddi birinchi 
prizmadagidek og‘adi. 
Rangli spektral sohalarning rekombinatsiyasi oq rangning shakllanishiga olib kelishda 
nazorat tajribalarining asosini ifodalaydi.
Spektral ranglar prizma vositasida oq rangdan hosil qilinganidek, spektrning hamma 
sohasini ustma–ust tushishdan oq yorug‘lik olinishi mumkin. Bu maqsadda linza dispersiyalangan
yorug‘lik yo‘liga joylashtiriladi, linza prizma sirtidan nurlarni ekranga yig‘adi. Ekrandagi tasvir 
oq va shu linza tenglamasi uchun mos kattalashgan bo‘ladi. Spektr linza ortidagi fokal tekislikda 
yaxshi fokuslanadi. Prizma sirtidan akslanish, bunga qaramasdan, rangsiz va faqat shu spektrning 
11 ta rangi ekranda tasvirga rekombinatsiyalanganda oq nur bo‘ladi. 
Agar mazkur spektrning bir yoki boshqa qismi juda kichik linza yoki ekran bilan to‘sib 
qo‘yilsa, unda tasvir to‘liq oq rang bo‘lmaydi, ammo, oq tusga kirgan bo‘ladi. 


 
a) 1–rasm. b) 
 
 
2–rasm.
 
Tajriba qurilmasi va tajribani o‘tkazish tartibi: 
1.Kichik optik kursini yig‘ish va undan foydalanish 46000 instruksiyada bayon qilingan. 
2.Prizma qurilmasini yig‘ish uchun DC535.853.2; a. ga qarang. 
3.1–a) rasmda keltirilgan qo‘sh dispersiya uchun, kengligi taxminan 10 mm va balandligi 
60 mm tirqishli karton ekran qo‘llaniladi. Uning ortida prizma joylashtiriladi. Spektrning uzatilgan 
sohasi birinchi ekrandan qisqa masofada joylashgan ikkinchi ekranda namoyon bo‘ladi. 
4.Spektral ranglarning qayta rekombinatsiyasi uchun biz diametri 120mm va fokus 
masofasi 500mm bo‘lgan linzadan foydalanishni maslahat beramiz (1–b) rasm), chunki bu linzada, 
prizmaning sirti ekranda unchalik kattalashmasada, spektri juda yaxshi namoyon bo‘ladi. 
5.Kesishgan prizmalar 2–rasmda keltirilganidek o‘rnatiladi. Ikkinchi prizma (yakka 
kristalli ) gorizontal qirrasi bilan bevosita birinchi prizmaning ortida minimal og‘ish bilan 
joylashtiriladi.



Download 20.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling