29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
Download 1.58 Mb.
|
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet Kredit
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar pudrat usulida haqiqiy xarajatlar ta’mirlash ob’ektining foydalanish joyi va xarajatlar xarakteriga qarab, xarajatlarni hisobini yuritishda schyotlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha hisoblashishlar schyoti bilan ikki yoqlama amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt alohida ta’mirlash fondi tuzmagan holda pudrat usuli bilan ta’mirlashni amalga oshirganda quyidagicha ikki yoqlama yozuv qilinadi:
Ikkinchi usulda maromsiz (teng ulushlar) amalga oshiriladigan xaqiqatdagi xarajatlar oldindan kelgusi davr xarajatlari tarkibida (3190-hisobvarq) jamlanadi va keyingi xarajatlariga teng maromda hisobdan chiqariladi; Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ayrim hollarda ta’mirlash ishlarining hajmi oshib ketadi yoki mavsumiy xarakterga ega ishlab chiqarishlarning xususiyatlarini inobatga olib ta’mirlash xarajatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazilmaydi. Bunga qishloq xo‘jaligi korxonalari, paxtani qayta ishlash zavodlari, meva va poliz mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni misol keltirish mumkin. Bunda ta’mirlash ishlari doimiy bir maromda olib borilmagan hamda ayrim hisobot oylarida ta’mirlash xarajatlari keskin o‘zgarishi ishlab chiqarish tannarxiga xarajatlarni bir maromda o‘tkazish imkoniyatini bermaydi. Turli davrlarda ta’mirlash xarajatlarining hajmi turlicha bo‘lishiga qaramasdan mahsulot tannarxini bir maromda bo‘lishini ta’minlash maqsadida 3190-“Boshqa kelgusi davr xarajatlari” schyotidan foydalanish mumkin. Bu tartibda hisobni olib borishda avvalo 3190-“Boshqa kelgusi davr xarajatlari” schyotining debetida ta’mirlashga qilingan barcha haqiqiy xarajatlar yig‘iladi (materiallar, ish haqi, ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya va boshqalar) va yil davomida ushbu yig‘ilgan xarajatlar mahsulot tannarxiga teng ulushlarda o‘tkazib boriladi. Masalan. Mevalardan tabiiy sharbat ishlab chiqaruvchi zavod mavsumiy ishlash xususiyatidan foydalanib yanvar oyida asosiy vositalarni pudratchi tashkilotga ta’mirlashga topshirdi. Pudratchi tashkilot asosiy vositani nuqsonlar vedomosti asosida ta’mirlashga ketadigan xarajatlarni aniqladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatiga muvofiq har oyga tegishli ta’mirlash xarajatlari asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga teng ulushlarda o‘tkazildi. Bajarilgan ta’mirlash ishlarining umumiy qiymati 1650000 so‘m(QQS bilan birga)ni tashkil etdi
Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling