Grammatika: - Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
-
- Hozirgi paytda ko'plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga hujjat topshirayotgan shaxslardan rezyume yuborishlarini talab qilishadi. Rezyume nima? Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga hujjat topshirayotgan shaxs to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi- uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va h.k.
- Rezyume hozirgi kunda ishga qabul qilish jarayonida eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
- Rezumeda ish izlovchi shaxs to'g'risida qisqacha ma’lumot beriladi. Ish beruvchi eng avval rezyumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan shaxsni ko'rmasdan va bilmasdan turib rezyume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezyume ishga topshiruvchi shaxs to'g'risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo'lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezyume ishni qo'lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezyumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o'tish imkoni bo'lmaydi!
- Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
- 1. Shaxsiy ma’lumot
- a. Ism-sharif (talab qilinadi)
- b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
- c. Jins (majburiy emas)
- d. Millat (majburiy emas)
- e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
-
- 2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
- a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
- Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega.
- 3. Ma’lumot
- a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o'qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o'quv yurtining nomi, manzili (shart)
- b. Topshirilayotgan ishga taaluqli fanlar nomi va soati (shart emas)
- c. Agar a’lo darajada bitirgan bo'lsa, shuni ham bildirib o'tish kerak
- Misol: 2006-2008 Magistratura, Biznesni Boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz.
- Taaluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Markoiqtisodiyot (25 soat)
-
- 4. Tajriba
- a. Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari
- b. Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi
- Misol: 25.01.2008 – 10.02.2011 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol”, Shaxrisabz ko'chasi 1-uy, Toshkent. Tel: 267-00-00
- · Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
- · BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo’yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.
- · Loyiha chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.
- 5. Qo'shimcha ma'lumotlar:
- a. Xorijiy tillar
- b. Kompyuter darturlari to'g'risida bilimlar
- c. Yutuqlar (sport bo'yicha, stipendiyalar va boshqa muhim yutuqlar)
- d. Qo'shimcha treninglar va kurslar
- e. Tajriba orttitirsh (stajorlik) paytlari
- f. Qiziqishlar
- g. Ilmiy maqolalar
- h. Konferensiyalardagi ma’ruzalar
Do'stlaringiz bilan baham: |