29-mavzu. Yaponiya soliq tizimi


Download 34.77 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi34.77 Kb.
#1573913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
29-yaponiya mavzu


29-MAVZU. YAPONIYA SOLIQ TIZIMI



REJA



  1. Yaponiya davlati haqida tushuncha.

  2. Yaponiya soliq tizimi shakllanishi.

3.Yaponiya davlat byudjeti tuzilishi.
1. Yaponiya davlati haqida tushuncha.
Yaponiya – orollardan tashkil topgan o‘ta iqtisodiy rivojlangan taraqqiy etgan davlat. Davlat boshqaruv shakli konstitutsion – monarxiyali davlat hisoblanadi. Konstitutsiyaga asosan imperatorlik taxti Merosdan-Merosga o‘ishi belgilangan. Xukumat ishlarini bosh vazir amalga oshiradi.
Yaponiya parlamenti - ikki palatadan iborat, tashkilotchilar palatasi va maslaxatchilar palatasi. Tashkiliy palataga jami 480 ta deputat saylanadi. Saylanish yoshi 25 yosh va saylov muddati 4 yil belgilangan. Maslahatchilar palatasi 252 deputatdan tashkil topadi, shundan 98 tasini bosh vazir tomonidan provintsiyalardagi partiyalardan tayinlanadi. Saylanish yoshi 30 yosh va saylov muddati 6 yil belgilangan. Saylovda beshta partiya ishtirok etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir. Mamlakatda elektronika, robotsozlik, avtomobilsozlik hamda qishloq xo‘jaligi rivojlangan. Tashqi dunyoga eksport bo‘yicha kompyuterlar, elektrotexnika buyumlari va avtomobillar eksport qilinadi. Boshqa mamlakatlardan asosan kimyo mahsulotlari, yoqilg’i, temir va oziq ovqat mahsulotlarini import qiladi. Yaponiya xalq xo‘jaligida hizmat ko‘rsatish soxasi 61 foiz, sanoat 37 foiz hamda qishloq xo‘jaligi 2 foizi to‘g’ri keladi. Ishsizlik darajasi 4.2 foizni tashkil etadi. Mamlakat 47 prefektura va 10 ta yirik iqtisodiy shaharlardan iborat.
Yaponiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari.

1

Aholi soni, ming kishi

127 433 494

2

Aholi o‘sish dinamikasi, %

0,45

3

Migratsiya darajasi, migrantlar / 1000 kishi

1,04

4

O‘rtacha umr davomiyligi, erkaklar / ayollar

80 / 85

5

Yalpi Ichki mahsulot, trln dollar.

4.91

6

YaIM Aholi jon boshiga, dollar.

38340

7

YaIM o‘sish indeksi, %

1.5

8

YaIM tuzilishi % : q/x

2

9

Sanoat

33

10

Hizmat ko‘rsatish

65

13

Aholi bandlik tuzilishi % : q/x

2

14

Sanoat

37

15

Boshqaruv personali / hizmatlar

61

16

Ishsizlik darajasi, %

4.3

17

Byudjet, mlrd iena: daromad 2005 yil

81trln. 789 mlrd

18

Sanoat ishlab chiqarishni o‘sish darajasi %

3

19

Eksport / import, mlrd.dollar

954/840

20

Soliq yili

1 yil



Eksport bo‘yicha asosiy hamkorlar – AQSH 34%, Frantsiya 9%, Koreya 14% , Xitoy 8% , Yevropa ittifoqi -15%,
Import bo‘yicha asosiy hamkorlar – AQSH 26%, Rossiya 9%, Koreya 10% Xitoy 7% , Yevropa ittifoqi -12%,
2. Yaponiya soliq tizimi shakllanishi.
To‘g’ri va egri soliqlar 1940 yillardan so‘ng rivojlanishini boshladi. 67 foizni egallagan to‘g’ri soliqlarning 64 foizini daromad solig’i egallardi. Yaponiyadagi Soliq tizimining islohotiga AQSH faylasuf-professori Karls SHoupning tavsiyalari katta ta’sirini o‘tkazdi. SHundan so‘ng Yaponiya soliq tizimi rivojlanishining etaplari ishlab chiqildi:
1945-49y.y. Iqtisodiy tartibsizlik davri.
1950-59y.y. Iqtisodiy tiklanish va barqarorlik davri.
1960-69y.y. Iqtisodiy rivojlanish davri.
1970-hozirgacha. Xalq farovonligini yaxshilash davri.
1987-88 yillaridagi iqtisodiy o‘sishi va neftg’ sanoati inqirozlari soliq tizimini islohatga olib keldi..
1994 yil navbatdagi soliq tizimi islohati soliq stavkalarining o‘sishiga olib keldi.
1997 yildagi Osiyoda valyuta inqirozi Yaponiya iqtisodini juda jiddiy ahvolga solib qo‘ydi. Iqtisodiy ahvolini yaxshilash maqsadida soliq stavkalari pasaytirila boshlandi. SHu kunga kelib Yaponiya soliq stavkalari dunyo standartlariga tenglashtirilgan. 2003 yilda boshlangan «Istalgan (orzudagi) soliq sistemasi» deb nomlangan islohat hozirda amalga oshirilayapti.



QQS tarixidan

  • 1949 QQS mahalliy soliq sifatida (Doktor SHoups tavsiyasi bilan kiritildi) (1954 yilda bekor qilingan)

  • 1979 Umumiy istemol solig’i (muvaffaqiyatsizlikka uchradi)

  • 1987 Aylanma soliq (muvaffaqiyatsizlikka uchradi)

  • 1989 Iste’mol solig’i joriy etildi.






Download 34.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling