2ÕA-21S guruh talabasi Namozova Mehrangizning Hozirgi õzbek adabiy tilidan
Download 355.3 Kb.
|
Namozova Mehrangizning 3
Fonologiya, morfemika, leksikologiya, morfologiya, sintaksista zidlik, bogliqlik asosida bosh paradigma - so‘z yasalishsistemasi paradigmasi. So‘z yasalish sathining bosh — maksimal paradigmasi tarkibi kuyidagicha birliklardan tashkil topadi: 1. So‘z yasash usullari paradigmasi. 2. So‘z yasalish kategoriyasi paradigmasi. 3. So‘z yasalishtiplari paradigmasi. 4. Konkret tipli yasalmalar paradigmasi". Bevosita paradigma tushunchasining mohiyatidan kelib chiqilganda, ya’ni paradigmaning adabiyotlardagi "bir umumiy ma’noga ega bo‘lgan (shu asosda birlashuvchi) shakllar guruhi" ta’rifidan kelib chiqilsa, faqatgina muallifning "So‘z yasalish kategoriyasi paradigmasi" deb agayotgan paradigmaning borligini tan olish mumkin. Buni ham muallif tushungan tarzda qabul qilish mumkin emas. (Bu haqda bir oz keyinroq to‘xtaymiz). Ajratilgan boshqa paradigmalar "paradigma" deb atash mumkin bo‘lgan hodisalar emas. Masalan, "so‘z yasalish sistemasi paradigmasi" deganda nima tushunilishi, qanday paradigma nazarda tutilishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuningdek, "so‘z yasash usullari paradigmasi" haqida ham gapirish mumkin emas. Chunki, avvalo, usullarning paradigmasi bo‘lmaydi. Qolaversa, o‘zbek tilida so‘z yasalishining affiks va yordamchi so‘z (so‘z-morfema) yorda- mida so‘z yasalishidan boshqa usuli, jumladan, muallif qayd etayotgan "kompozitsiya usuli" yo‘q. Shunday ekan, "so‘z yasash usuli paradigmasi" haqida gapirish mumkin emas. Keltirilgan boshqa paradigmalar ham "paradigma" deyish mumkin bo‘lgan hodisalar emas.
Download 355.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling