2I-21 guruh talabasi g’afforov muhammadaminning


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#1001211
  1   2


2I-21 GURUH TALABASI
G’AFFOROV MUHAMMADAMINNING 
MILLIY BOYLIK MAVZUSIDA 
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
O’QUV YILI 2022-2023


MAVZU: MILLIY BOYLIK TUSHUNCHASI VA UNING
TARKIBIY TUZILISHI
REJA:
MILLIY BOYLIK TUSHUNCHASI
•MILLIY BOYLIKNI TARKIBIY TUZILISHI
MILLIY BOYLIK TURLARI HAQIDA
•XULOSA


• MILLIY BOYLIK 
insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va
avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy
boyliklardan iboratdir.
• MILLIY BOYLIK
— mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar
hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning
mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda
jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan
tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham 
oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, 
Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, 
umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim
makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir.


MILLIY BOYLIKNI SHARTLI RAVISHDA QUYIDAGI UCHTA 
YIRIK TARKIBIY QISMLAIGA AJRATISH MUMKIN: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.


MODDIY-BUYUMLASHGAN BOYLIK
• Moddiy-buyumlashgan boylik
oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda
mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida
vujudga keladi va o'sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator
yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig'indisi sifatida tasavvur qilish noto'g'ri bo'lar
edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan
yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyumlari). Shu sababli
ishlab chiqarish vositalarining o'mini qoplash bilan bir vaqtda yalpi
mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg'arilib
boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi
yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.


MILLIY BOYLIKNING INSON MEHNATI BILAN YARATILGAN MODDIY QISMI
QIYMAT SHAKLIGA EGA BO'LIB, TARKIBIY TUZILISHI BO'YICHA
QO'YIDAGILARNI O'Z ICHIGA OLADI:
• - ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar).
Bular butun milliy boylik tarkibida
ancha katta salmoqqa ega bo'ladi hamda o'zining texnikaviy darajasi bo'yicha yalpi
milliy mahsulotning o'sish imkoniyatini belgilab beradi;
• - noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar).
Asosiy kapitalning bu turiga
mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy tavsifidagi obyektlar kiradi;
• - aylanma kapital (fondlar)
. Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat
bo'lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi;
• - tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi.
Ular ishlab chiqarish
bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo'lib, potensial tayyor mahsulot hisoblanadi;
• - moddiy zahiralar va ehtiyojlar.
Bunga muomala bosqichidagi tayyor mahsulot, 
korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari
kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro'y berishi mumkin bo'lgan va oldindan bilib
bo'lmaydigan favqulodda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi. Davlat
ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug'urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi;
• — aholining uy, tomorqa va yordamchi xo'jaligida jamg'arilgan mol-mulk. 
Bunga uy-joy, 
avtomobil. madaniymaishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling