2I-21 guruh talabasi g’afforov muhammadaminning
MODDIY-BUYUMLASHGAN BOYLIK O'SISHINING ASOSIY OMILLARI
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- VA SHART-SHAROITI HISOBLANADI. BUNING MA’NOSI SHUKI, BIR TOMONDAN MAHSULOTDAN MILLIY BOYLIK TOMON HARAKATDA BOYLIKNING ISTEMOL QILINGAN QISMINING QOPLANISHI VA UNING
- OSISH SUR’ATI VA MIQYOSI MILLIY BOYLIKDAN FOYDALANISH XUSUSIYATIGA BOGLIQ BOLADI.
MODDIY-BUYUMLASHGAN BOYLIK O'SISHINING ASOSIY OMILLARI
SIFATIDA QUYIDAGILAMI AJRATIB KO'RSATISH MUMKIN: — MEHNAT UNUMDORLIGINING O'SISHI; — ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINING ORTISHI; — MILLIY DAROMADDA JAMG'ARISH NORMASINING ORTISHI. MODDIY-BUYUMLASHGAN BOYLIK ISHLAB CHIQARISHNING NATIJASI VA SHART-SHAROITI HISOBLANADI. BUNING MA’NOSI SHUKI, BIR TOMONDAN MAHSULOTDAN MILLIY BOYLIK TOMON HARAKATDA BOYLIKNING ISTE'MOL QILINGAN QISMINING QOPLANISHI VA UNING KO'PAYISHI RO'Y BERADI. BOSHQA TOMONDAN MILLIY BOYLIK ISHLAB CHIQARISHNING MODDIY SHART-SHAROITI, UNING MODDIY- TEXNIKAVIY ASOSI HISOBLANADI. BUNDA ISHLAB CHIQARISHNING O'SISH SUR’ATI VA MIQYOSI MILLIY BOYLIKDAN FOYDALANISH XUSUSIYATIGA BOG'LIQ BO'LADI. TABIIY BOYLIK • Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo'lib ishtirok eladi, uning shart-shaioitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo'lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro'y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog'liq bo'ladi. Foydali qazilma boyliklar, o'rmonlar, suv va er resurslari tabiatan mavjud bo'lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiiy boylik bo'lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma'nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi. Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bogMiq bo'lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo'ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog'liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o'rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to'plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilaming ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog'liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini topadi. MILLIY BOYLIK BIRINCHI MARTA INGLIZ IQTISODCHISI U. PETTI (1623— 1687) TOMONIDAN 1664-YILDA HISOBLANGAN EDI, FRANSIYADA MILLIY BOYLIKNI BIRINCHI MARTA BA-HOLASH 1789-YILDA, AQSHDA 1805-YILDA, ROSSIYADA 1864-YILDA AMALGA OSHIRILGAN EDI. U. PETTI "MEHNAT — BOYLIKNING OTASI, YER — UNING ONASI", — DEGAN VA UMUMIY BOYLIKNI ISHLAB CHIKARILGAN MAHSULOTLARDAN IBORAT, DEB TUSHUNGAN. MILLIY BOYLIKNI HISOBLASHDA QISHILIK JAMI-YATI HAYOTI VA TARAQQIYOTINING MODDIY ASOSI, BIRINCHI, NAVBATDA, MODDIY TABIAT EKANLIGINI UNUTMAGAN HOLDA, ENG AVVALO TABIIY BOYLIKLAR — YER, YER OSTI BOYLIKLARI, SUVLAR, OʻRMONLAR VA BOSHQA ANIQ VA TOʻGʻRI HISOBGA OLINISHI LOZIM. XULOSA 1. Mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanishi ko'p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o'sishda namoyon bo'ladi. Iqtisodiy o'sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko'payishi, hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. 2. Iqtisodiy o'sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo'llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko'ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YalM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o'sish sur’atiga bo'lish kerak bo'ladi. 3. Iqtisodiy o'sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi orqali o'sish ekstensiv iqtisodiy o'sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg'or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo'llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo'li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o'sish deyiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling