2Nomenklaturasi. Olinish usullari


Download 16.41 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi16.41 Kb.
#1563377
1   2   3   4
Bog'liq
Element organik birikmalar.

Aralash element – organik birikmalar (bulardan element atomlariga uglevodorod radikallari bilan birga boshqa elementlar ham birikkan bo'ladi):
C2H5 MgJ (CH3)2 PCI CH3 As
Yodetilmagniy Xlordimetilfosfin Metilarsin



  1. Nomenklaturasi. Olinish usullari. Sof element organik birikmalarning nomi birikmadagi radikal nomiga elementning nomini qo'shish bilan hosil qilinadi:




C2H5 Zn- C2H5

C2H5 – Hg – C2H5

C2H5 PH- CH3

Dietilrux

dietil simob

metiletil fosfin

1. Metallarga galoid alkillar ta'sir ettirib olinadi:
CH3 + 2Na → CH3Na + NaI


2CH3CI + Si → (CH3)2SiCI2
dimetildixlorsilan

Birinchi marta 1861 yilda frantsuz ximigi F.Grinyar magniy metalliga galoidalkil ta'sir ettirib, magniy organik birikma hosil qiladi:


CH3J + Mg CH3MgJ
Magniy metil yod

Bu modda, ya'ni CH3MgJ Grinyar reaktivi deb ataladi. A.M.Butlerov va uning shogirdlari rux metalini galoid alkil bilan qizdirish natijasida reaktsiyaning birinchi bosqichida aralash, ikkinchi bosqichida esa sof rux- organik birikmalar hosil qiladi:


CH3J + Zn CH3 Zn J 2CH3ZnJ CH3 Zn – CH3 + ZnJ2
dimetilrux

1. To'yinmagan uglevodorodlarga metallar ta'sir ettirish: Alyuminiy – organik birikmalar sanoatda Chigler usuli bilan alyuminiyga vodorod va olefinlar ta'sir ettirish yo'li bilan hosil qilinadi:


2AI + 3H2 + 6CH2 = CH2 → 2AI(C2H5)3
Trietil alyuminiy


Olefinlarga borning vodorodli birikmalari (B2H6-diboran, B10 H24– dekaboran) ta'sir ettirilib bor – organik birikmalar olinadi:
6CH2 =CH2 + B2 H6 2B(C2 H5)3

Alkinlarga metallarning amidlari yoki oksidlari ta'sir ettirilganda ham metall – organik birikmalar hosil bo'ladi:


HC≡ CH + 2NaNH2 NaC ≡ CNa + 2NH3 HC CH + Ag2O → AgC CAg + HOH
Metallar kimyoviy aktivligiga ko'ra o'zidan passiv metallarni birikmalaridan siqib chiqarish hisobiga yangi metall organik birikmalar hosil qiladi. Masalan, dimetil simobga natriy ta'sir ettirilganda, natriy metilat hosil bo'ladi:
Hg(CH3)2 + 2Na→ 2CH3Na + Hg

1. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. 1) metall organik birikmalar reaktsiyaga kirishish xususiyati kuchli moddalardir. Ular kislota, suv va spirtlar ta'sirida parchalanib, alkanlar hosil qiladi


CH3MgJ + HOH → CH+ Mg OHJ CH3 – MgJ + CH3OH CH 4 + CH3OgJ
Metall – organik birikmalarning bu xususiyati metall bilan uglerod orasidagi bog`ning kuchsizligini ko'rsatadi.
Yuqoridagi reaktsiya asosida A.A.Chugaev, F.V.Tserevitinov, A.P.Terentevlar organik moddalardagi gidroksil guruhsini miqdoriy jihatdan aniqlash usulini taklif etdilar.
Aralash metall – organik birikmalarning tipik vakili bo'lgan magniy organik birikmalar kimyoviy reaktsiyalarga oson kirishadi, masalan, galoid alkillar bilan reaktsiyaga kirishib, yangi uglevodorodlar hosil qiladi:


RMgJ + R1 J R R1 + Mg J2

Magniy-organik birikmalar kislorod, galoid, oltingugurt ta'sirida ham parchalanadi:




+H2O
CH3MgJ + O2 2CH3OMgJ → 2CH3OH + Mg J OH

birikmalarga etilen oksid, shuningdek aldegid va ketonlar spirtlar ta'sir ettirib birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar hosil qilish mumkin:


RMgCI+ CH2 CH2 → R CH2 CH2 OMgCI +H2O O
CI
R – CH2 CH2 – OH + Mg
OH
Dien uglevodorodlar litiy–organik birikmalar ta'sirida oson polimerlanadi:
Litiy, natriy – organik birikmalarning galoid alkillarga ta'siridan har qanday uglevodorodni sintez qilish mumkin:
Element -organik birikmalar laboratoriyada va organik sintez sanoatida keng ishlatiladi. A.M.Butlerov “Metall–organik kimyo organik sintezning qurolidir” – degan edi. A.N.Nesmeyanov element–organik birikmalar kimyosini rivojlantirishda katta ishlar qilgan. U shogirdlari bilan element–organik birikmalarni sintez qilishda diazo usulini yaratdi.
Bu usulga ko'ra aromatik aminlarga kislotali muhitda nitrit kislota ta'sir ettirib, diazoniy tuzi hosil qilinadi:
Fenildiazoniy xlorid metallarining galloid tuzlari bilan qo'sh tuz hosil qiladi. A.N.Nesmeyanov qo'sh tuzlarga boshqa metallarni ta'sir ettirib, metall organik birikmalar olish yo'lini ko'rsatib berdi. Masalan, fenildiazoniy xloridga simob xlorid qo'shganda qo'sh tuz hosil bo'ladi va unga mis metalli ta'sir ettirilib, simoborganik birikma olinadi:

Shu usul bilan kaliy, surma, mishyak, qo'rg’oshin, germaniy va boshqa metallarning aromatik uglevodorodli birikmalari sintez qilinadi.


quyidagi element organik birikmalarning ba'zi vakillari bilan tanishib chikamiz.



Download 16.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling