3- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi Buyruqli arxitektura tizimi Ishdan maqsad: Buyruq


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana09.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1474561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 amaliy mashg‘ulot

DDR3 yoki DDR4?
Ayni vaqtda tezkor xotiraning DDR3 tizimlari ham sotilmoqda. Ammo uning 
keyingi avlodi 
– DDR4 tizimi ham allaqachon ommalashishga ulgurdi. Agar DDR3 


tizimidan foydalanishni talab 
etadigan biror sababingiz bo‘lmasa, sizga birato‘la 
DDR4 xotira tizimiga ega qurilmani xarid qilishni tavsiya qilamiz. Undan keyingi 
o‘n yillikda bemalol foydalanishingiz mumkin. 
Kattaroq RAM tizimi video o‘yinlarni ham sifatli o‘ynash kafolatini 
bermaydi. 
RAM qurilma tarkibidagi boshqa tizimlardan kelib chiqib, ba’zida tizim 
faoliyatini oshiradi. 
Kompyuter sizga grafik tasvirlar, televideniye yoki film ko‘rish, o‘yin 
o‘ynash, CAD/CAM ilovalaridan foydalanish uchun kerak bo‘lsa, sizga katta hajmli 
RAM kerak. Xat, yozish, operatsion tizim ilovalaridan foydlanish, veb-saytlarga 
kirib turish uchun esa kichik hajm ham yetarli bo‘ladi. 
64 bit xotira hajmiga ega Windows 7 talqinini xotirasi 2 GB dan kam bo‘lgan 
tizimga o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu 2 GB ma’lumot hajmi kamlik qiladi degani emas. 
Bu tizimda siz bir vaqtning o‘zida audio tinglab, internetdan foydalanib, Word 
hujjatlarni tahrir qila olmaysiz. 
Windows operatsion tizimi doimo yarim bo‘sh tezkor xotirani yoqtiradi. 
Shunda kerakli ilovalar zudlik bilan ochiladi. Aslida bu kabi operatsion tizimlarning 
muhim tarkibiy qismlari tezkor xotiraning ancha-muncha hududini egallab oladi. 
Agar siz zamonaviy qidiruv tizimlari orqali bir vaqtning o‘zida ko‘plab 
axborot manbaalarini izlab, aksariyat vaqtingizni internetda sahifalarning yuklanishi 
kutib o‘tkazishni istamasingz, unda kamida 4 GB tezkor xotiraga muhtojsiz. 
Video, audio va foto tahrir, grafikaga boy o‘yinlar o‘ynash istagida 
bo‘lsangiz, 4 GB tizimidagi operativ xotira eng ma’quli. Ammo yuqori pikselli 
tasvir, 3D modelidagi tasvirlar tahriri uchun bu hajm kichkinalik qilish ham 
mumkin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling