3- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi Buyruqli arxitektura tizimi Ishdan maqsad: Buyruq


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana09.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1474561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 amaliy mashg‘ulot

Yangi tezkor xotira tizimlari
Ayniqsa bugungi rang-
tasvir va harakatga boy o‘yinlar operativ xotiraning 
kattaroq bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ xotira talab darajasida bo‘lmasa, 
ilovalarning 
ochilish 
jarayoni 
sekinlashadi. 
Hozir 
birgalashib 
sizning 
kompyuteringizga qanday turdagi tezkor xotira zarurligi, DDR3 va DDR4 kabi 
yangi tezkor xotira tizimlari bilan tanishamiz. 
2005 yildan 2009 yilgacha kompyuterlar DDR2 tizimidagi tezkor xotiraga ega 
bo‘lishgan. Bugun esa aksariyat qurilmalarda DDR3 tizimidagi RAM’dan 
foydalaniladi. 2007 yilda taqdim qilingan DDR3 zamonaviy, yangi operativ xotira 
turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGS gacha. 
Operativ xotira chastotasi kompyuterning ishlash tezligini aniqlab beradi. 
Chastota bu 
– vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) 
chastotali operativ xotira 100 MB ma’lumotni 10 soniyada yuklasa, 1000 MGS 
operativ xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi. 


Sizga qancha axborot hajmiga ega operativ xotira zarurligini kompyuterdan 
nima maqsadda foydalanishingizga qarab aniqlash mumkin. So‘nggi yillarda ishlab 
chiqaruvchilar noutbuk qurilmalarida foydalanuvchi tomonidan yangilash mumkin 
bo‘lgan tezkor xotira tizimlarini yaratmoqdalar. 
Apple’ning MacBook Air noutbukining RAM tizimi 4 GB. Biroq Dell, HP 
kabi ishlab chiqaruvchilar kamida 8 GB tizimda ishlaydigan tezkor xotirali 
qurilmalarni taklif qilmoqdalar. 
Noutbuklarda 2 GB.dan 16 GB.gacha tezkor xotira bo‘ladi, ba’zida 32 
gigabaytli noutbuklar ham uchraydi. Operativ xotirasi 8 gigabaytdan yuqori 
noutbuklar faqatgina videolar bilan ishlaydigan yoki o‘ta zamonaviy o‘yinlarni 
o‘ynaydiganlar uchungina kerak bo‘ladi. Xotirasi 4 gigabaytdan past noutbuklarni 
esa hech kimga tavsiya qilmaymiz. Eng yaxshi variant 4 GB operativ xotiraga ega 
noutbuk hisoblanadi, lekin zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash niyatida bo‘lsangiz, 
kamida 8 GB xotirali noutbukni tanlang. 
1990-
2000 yillarda Photoshop ilovasini o‘rnatish uchun zarur RAM tizimi 
2MBdan 64MBgacha, ya’ni 10 yilda 32 barobarga o‘sgan bo‘lsa, keyingi 10 
yillikda, ya’ni 2016 yilga kelib bu dasturni kamida 16 GB tezkor xotiraga ega 
qurilmalarga o‘rnatish mumkin. 
Bugungi deyarli barcha dastur-ilovalar uchun 4 GB tezkor xotira hajmi kifoya 
qiladi. 16 GB tezkor xotira esa kelajak uchun juda qulay texnologiya. Bu video va 
audio tahriri uchun ayni muddao. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling