3- amaliy mashg‘ulot


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1165446
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Amaliy mashg\'ulot (1) (1)



3- AMALIY MASHG‘ULOT 
MAVZU: Atomda elektron orbitalarning tuzilishi. Kvant sonlari, elementlarini elektron 
formulalarini misollar asosida keltirib chiqarish. Kimyoviy bog‘lanish turlarini o‘rganish 
va misollar echish.
 
 
Maqsad: Atom tuzilishi to‘g‘risidagi nazariyalar, atomning elementar zarrachalari – 
protonlar, neytronlar, elektronlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish. Elementlarning 
elektron formulalarini tuzish. Kimyoviy bog‘lanish va uning turlari haqidagi nazariy bilimlarni 
masala va mashqlar yordamida mustahkamlash. 
 
ATOM TUZILISHI 
Atom yunoncha so‘z bulib “bo‘linmas” degan ma’noni anglatadi. Lekin atomning 
murakkab sistema ekanligini M. G. Pavlov 1819 yildayoq aytib o‘tgan edi. XIX asrning 80 - 
yillarida B. N. CHicherin atom xuddi “quyosh” sistemasi kabi tuzilgan va uning markaziga 
musbat zaryadli yadro joylashgan, deb ta’riflangan edi. A. M. Butlerov 1886 yilda “atomlar 
bizga ma’lum kimyoviy jarayonlarda bo‘linmas bo‘lib qolsada, keyinchalik kashf etiladigan 
jarayonlarda albatta bo‘linishi kerak” degan fikrni bildirgan edi. 
1896 yilda Bekkerel radioaktivlikni kashf qildi. 1904 yilda Dj. Tomson atomning barcha 
qismini musbat zaryad band etadi va uni manfiy zaryadli zarrachalar - elektronlar o‘rab turadi 
degan fikrni aytdi. Ingliz olimi 1911 yilda Ernest Rezerford o‘z tadqiqotlari natijasida atom 
tuzilishi haqida N. Borning planetar nazariyasi vujudga keldi. Atomga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin: 
Atom - kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo‘lib, o‘zida o‘sha elementning 
barcha kimyoviy xossalarini mujassamlashtiradi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling