3 – laboratoriya mashg`uloti Oqsil va aminokislotalarning rang hosil qilish reaksiyalari
Download 70.97 Kb.
|
3. rangli reak (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ksantoprotein reaksiyasi
- Ishning bajarilishi
Ishning bajarilishi: 1 probirka olib, unga 1-2 ml glitsin eritmasidan, ikkinchi probirkaga shuncha miqdorda oqsil eritmasidan solinadi. Keyin har ikkala probirkaga ningidrin eritmasidan qo’shiladi (birinchi probirkaga 5-6 tomchi, ikkinchi probirkaga esa 10-12 tomchi) va 1 minut davomida qaynatiladi. Glitsinli probirkada tezda ko’k – binafsha rang hosil bo’ladi, oqsilli probirkada esa rang asta-sekin hosil bo’la boshlaydi va qizil – binafsha rangga bo’yaladi. Ba’zan esa eritmada prolin ko’p miqdorda bo’lganda sariq – binafsha rangga bo’yaladi.
Ksantoprotein reaksiyasi Bu reaksiya bir qancha aromatik aminokislotalar (fenilalanin, tirozin, triptofan) uchun hos hisoblanadi. Oqsillar va polipeptidlar konsentrlangan nitrat kislota bilan qaynatilganda sariq rangli nitrobirikma hosil bo’ladi. Reaksiya 2 bosqichda o’tadi. Birinchi bo’lib, aminokislota masalan, tirozin konsentrlangan nitrat kislota bilan qo’shilib, nitrolanadi. Bunda sariq rangli dinitrotirozin hosil bo’ladi. Ikkinchi bosqichda dinitrotirozin o’yuvchi natriy yoki ammoniy tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, sariq - qizg`ish rangga bo’yaladi. Ksantoprotein reaksiyasini oqsillar, peptidlar va siklik aminokislotalardan tashqari ko’pgina aromatik birikmalar (benzol, fenol va boshqalar) ham beradi. Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 1% li jelatina eritmasi, v) konsentrlangan nitrat kislota, g) o’yuvchi natriy 20% li yoki konstentrlangan ammiak eritmasi, d) fenol 0,1% li. Ishning bajarilishi: 2-3 ml fenol eritmasiga sekinlik bilan probirka devori orqali 1-2 ml konsentrlangan nitrat kislota quyiladi. Sekin qaynatiladi, natijada sariq rang hosil bo’ladi. Boshqa probirkaga 1-2 ml tuxum oqslidan solib, 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan sekinlik bilan qo’shiladi va qaynatiladi. Natijada sariq cho’kma hosil bo’ladi. Probirka sovitilgach, uning devori orqali konsentrlangan ammiak yoki o’yuvchi natriy eritmasidan quyiladi, natijada suyuqlik sariq - qizg`ish rangga bo’yaladi. Reaksiyani iloji boricha havo tortuvchi qurilma ostida olib borish kerak. O’sha reaksiyani jelatina eritmasi bilan olib borilganda sariq rang hosil bo’lmaydi. Buning sababi jelatina o’zida aromatik aminokislotalarni tutmaydi. Download 70.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling