3 – laboratoriya mashg`uloti Oqsil va aminokislotalarning rang hosil qilish reaksiyalari


Oltingugurt tutuvchi aminokislotalarga xos reaksiya


Download 70.97 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi70.97 Kb.
#1013186
1   2   3   4
Bog'liq
3. rangli reak (1)

6. Oltingugurt tutuvchi aminokislotalarga xos reaksiya
Bizga ma’lumki, oltingugurt tutuvchi aminokislotalar 3 ta: sistein, sistin, metionin. Sistein va sistin molekulasida oltingugurt kuchsiz bog`langan bo’lib, ishqoriy muhitda gidroliz qilinganda vodorod sulfid shaklida oson ajralib, ishqor bilan natriy yoki kaliy sulfidni hosil qiladi. Sulfidlar qo’rg`oshin astetat bilan qo’shilib, qora rangli cho’kmani hosil qiladi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) jelatina 1% li eritma, v) 15 - 20% li natriy ishqori, g) 1% li qo’rg`oshin astetat.
Ishning bajarilishi: Bitta probirka olib, unga 2 ml tuxum oqsili eritmasidan solinadi. Ikkinchi probirkaga esa shuncha miqdorda jelatina solinadi. Ikkala probirkaga 1-1,5 ml ishqor eritmasidan solinib, sekinlik bilan qaynaguncha qizdiriladi va 1-2 daqiqa qaynatiladi. Shundan so’ng har ikkala probirkaga 2-3 tomchi qo’rg`oshin atsetatdan qo’shiladi.
Oqsil solingan probirkada qora rang hosil bo’ladi. Bu rangning rang darajasi oqsilning konsentratsiyasiga va undagi sistein va sistinning miqdoriga bog`liq. Jelatina solingan probirkada rang hosil bo’lmaydi. Bu holat jelatina tarkibida oltingugurt tutuvchi aminokislota uchramasligidan darak beradi.
Download 70.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling