3- MA’RUZA
FONETIKA VA FONOLOGIYA;
REJA:
1. Fonetika haqida ma'lumot.
2. Nutq a’zolari, nutq apparati.
3. Artikulyatsiya haqida ma'lumot.
4. Tilning fonetik vositalari.
5. Nutq tovushlarining tasnifi
6. Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot.
7. Ayrimunlitovushlar tavsifi haqidama'lumot
Fonetika trilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi,
turlari, o‘zgarishi, so‘z ma’nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg‘u, intonatsiya(ohang)
nutqning fonetik bo‘linishi kabi masalalar o‘rganiladi.
Fonetika ham o‘rganish obyektining hajmiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Umumiy fonetikada dunyodagi barcha tillarning tovush tomoniva u bilan bog`liq
hodisalarni o`rganadi. Bularga barcha tillarda unli va undosh tovushlarning mavjudligi,
nutqapparati, tovusho`zgarishlarikabilarkiradi.