3- ma’ruza fonetika va fonologiya; reja: Fonetika haqida ma'lumot. Nutq a’zolari, nutq apparati


cho‘michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#241984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
ona tili 3-maruza 1

cho‘michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar  

un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki 

ular  dutor  yoki  soz  torlariga  o‘xshab  havo  urilishi  natijasida  ovoz  chiqaradi  (simyog‘ochga 

tortilgan simlarning shamol kelib urilishi  natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko‘z oldingizga 

keltiring). Og‘iz bo‘shlig‘i tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko‘p 

tovushlarni  hosil  qilishda ishtirok etadigan a’zodir.Tilning turlicha harakati va holati  natijasida 

unli  va  undosh  tovushlar  hosil  bo‘ladi.  Kichik  til      ham  ayrim  tovushlarning  (q,  g‘  ,  x)  hosil 

bo‘lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, cho‘chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning 

ustki tishlarga tegishi natijasida turli   tovushlar hosil bo‘ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining 

tishlar  orasidan  sirg‘alib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. M, n, ng  tovushlari hosil bo‘lishida 

havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali o‘tib, tashqariga chiqadi. Markaziy asab tizimi  

nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita boshqarib turadi. Ana shu tariqa 

har bir nutq a’zosining tovushlarni hosil qilishda o‘z vazifasi bor.  

 

 

 



 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling