1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining
tebranish miqdoriga ko‘ra har xil chiqishidir: un paychalari ko‘p tebransa, tovush baland bo‘ladi,
aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o‘tadigan
energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi
(intensivligi) - 1 sm
2
maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdoridir”
3
Demak, nutq
tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog‘liq: tebranish kengligi katta bo‘lsa,
tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo‘lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |