3- maruza. Sarcomastigoforalar tipi xivchinlilar sinflari (2 soat)


Download 36.69 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1350664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3Maruza

Sarkomastigoforalar tipi


Sarkomastigioforalar tipiga soxtaoyoq yoki xivchinlar yordamida harakatlanadigan bir hujayralilar kiradi. Ular nam tuproq va suvda hayot kechiradi, odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan 25000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Tip Sarkodalilar (Soxtaoyoqlilar) va Xivchinlilar sinflariga bo’linadi.


Xivchinlilar – Mastigophora sinfi




Umumiy tavsifi. Xivchinlilar - tabiatda keng tarqalgan va xilma-xil tuzilgan bir hujayralilar. Harakat organoidlari bitta yoki bir nechta ingichka sitoplazma o’simtalari – xivchinlar hisoblanadi. Xivchinlilar sitoplazmasi ham birmuncha quyuq gomogen ektoplazma va donador suyuqroq endoplazmaga ajraladi. Ektoplazma qattiq va elastik qobiq sirtqi - pellikula hosil qiladi. Shu sababdan ko’pchilik xivchinlilar tanasining shakli doimiy bo’ladi. Shuning bilan birga ayrim xivchinlilar tanasida qattiq qobiq bo’lmasligi tufayli sarkodalilar singari psevdopodiylar hosil qilish xususiyatiga ega. Sarkodalilar ham hayot siklining ayrim davrlarida xivchinli gametalar hosil qilishi ilgari qayd qiolib o’tilgan edi. Xivchinlilar bilan sarkodalilar o’rtasida bunday o’xshashlik ikkala sinfni bitta sarkomastigoforalar tipiga birlashtirish uchun asos qilib olingan.
Yashil xivchinlilar sitoplazmasida yashil xlorofill pigment saqlovchi plastidalar - xromatoforlar bo’ladi. Yashil xivchinlilar o’simliklar singari yorug’likda fotosintez hisobida golofit oziqlanadigan avtorof organizmlar hisoblanadi. Yashil pigmentga ega bo’lmagan xivchinlilar esa boshqa hayvonlar singari tayyor organik moddalar hisobiga hayot kechiruvchi geterotrof organizmlar hisoblanadi.
Geterotroflar orasida murakkab organik birikmalar hisobiga hayot kechiradigan golozoylar va ularning parchalanish mahsulotlari bilan oziqlanadigan saprofit turlari ham bor. Ayrim xivchinlilar muhit sharoitiga qarab golozoy yoki saprofit oziqlanishi mumkin. Shuningdek ba’zi xivchinlilar bir vaqtning o’zida ikki xil usulda oziqlanishi ham mumkin.
Xivchinlilar sinfiga 8 mingga yaqin bir hujayralilar kiradi. Ko’pchilik turlari dengiz planktonining asosiy qismini tashkil etadi. Chuchuk suv havzalarida ham ular keng tarqalgan. Xivchinlilarning xima-xilligi va massasi suvning organik chiqindilar bilan ifloslanishiga bog’liq. Bir qancha xivchinlilar hayvonlar va odam ichagi, qoni, terisi va jinsiy organlarida parazitlik qiladi. Oziqlanish xususiyatiga binoan bu sinf o’simliksimon va hayvonsimon xivchinlilarga ajratiladi.

Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling