3- maruza. Sarcomastigoforalar tipi xivchinlilar sinflari (2 soat)


Qalqondor xivchinlilar (Dinoflagellata) turkumi


Download 36.69 Kb.
bet4/6
Sana13.04.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1350664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3Maruza

Qalqondor xivchinlilar (Dinoflagellata) turkumi - yakka yashovchi ikki xivchinli hayvonlar, dengiz va chuchuk suv havzalari planktonida keng tarqalgan. Tanasi kletchatka pust bilan qoplangan. Xivchinlar tanasi markazidan boshlanib, biri- orqaga cho’zilgan, ikkinchisi - tana o’rtasini o’rab olgan belbog’ - chuqurchada joylashgan. Chuchuk suvlarda seratsium, dengizlarda tun yog’duchisi (Noctiluca) keng tarqalgan. Tun yog’duchisi hayvonlarga o’xshab animal oziqlanadi; bezovta qilinganida sitoplazmasidagi yog’ moddasi oksidlanib, yog’du tarqatadi.
Evglenasimonlar (Euglenoidea) turkumi. Evglenasimonlar xilma-xil oziqlanadi. Ular orasida fotosintez qiluvchi turlaridan tortib, haqiqiy hayvonlarga o’ xshash vakillari ham bo’ ladi. Ifloslangan suvlarda turli xil evglenalar uchraydi.
Evglenalar oziqlanishi muhit sharoitini o’zgarishi bilan bir xildan ikkinchi xilga o’tishi mumkin. Yorug’lik va kimyoviy elementlar yetarli bo’lganida ular yashil o’simliklar singari fotosintez qilib, avtotrof oziqlanadi. Ular organik moddalar yetarli bo’lgan qorong’i joyga o’tkazilganda xlorofillini yo’qotib, tayyor organik birikmalarni pellikulasi orqali shimib oladi, ya’ni saprofit (geterotrof) oziqlanishga o’tadi. Agar evglenalarni yana yorug’ joyga chiqarilsa, ular yashil rangga kirib, avtotrof oziqlana boshlaydi. Organik moddalar bilan ifloslangan suvlarda ular bir vaqtning o’zida avtotrof va geterotrof oziqlanishi mumkin.
Evglenasimonlarning ayrim turlari xlorofillini tamoman yo’qotganligi sababli avtotrof oziqlanish xususiyatiga ega emas. Ulardan ba’zilari saprofit, boshqalari (Peranema, Urceolus) haqiqiy hayvonlar singari oziqlanishga o’tgan.
Fitomonadlar (Phytomonadina) turkumi turlarida bitta kosachasimon yirik yashil xromatofori va bir juft xivchinlari bo’ ladi. Ko’pchilik turlari chuchuk suvlarda, ayrim turlari dengizlarda yashaydi. Yakka yashovchi turlaridan xlamidomonadalar chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Fitomonadlar koloniyasi bir nechtadan bir necha minggacha hujayralardan iborat. Chuchuk suvlarda volvoks, eudorina, pandorina, gonium ko’p uchraydi. Koloniyadagi alohida hujayralar xlamidomonadaga o’xshash tuzilgan.

Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling