3- maruza. Sarcomastigoforalar tipi xivchinlilar sinflari (2 soat)


Download 36.69 Kb.
bet6/6
Sana13.04.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1350664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3Maruza

Ko’p xivchinlilar- Polymastigina turkumi. Ko’p xivchinlilarga ancha

murakkab tuzilgan parazit xivchinlilar kiradi. Xivchinlar soni to’rtta yoki undan ko’ proq bo’ladi. Odam va umurtqali hayvonlarning ichagida parazitlik qiladigan trixomonas (Trichomonas)ning butun tana boylab o’tuvchi ichki tayanch skelet - aksostili va to’lqinlanuvchi pardasi bo’ladi. Xuddi shunday o’q skelet lambliya (Lamblia) urug’iga mansub bo’lgan xivchinlilarda ham uchraydi.


Yo’ g’on va ingichka ichakda parazitlik qiladigan trixomonas (Trichomonas hominis)ning uzunligi 7-10 mkm bo’ lib tanasining oldingi tomonida to’rtta xivchini joylashgan (12-rasm). Beshinchi xivchini orqa tomonga egilib, tana pellikulasi bilan birga yupqa to’lqinsimon pardani hosil qiladi.
Odamning tanosil-siydik yo’llarida Trichomonas. vaginalis parazitlik qiladi. O’n ikki barmoq va ingichka ichakda, o’t yo’llarda uchraydigan lambliya (Lamblia intestinalis) tanasi ikki tomonlama simmetriyali bo’lib, ikkitadan yadrosi, aksostilga o’xshash tayanch fibrillar apparati va 8 ta xivchini bor. Qorin tomonida ichakka yopishish uchun so’rg’ichi rivojlangan. Ular sista orqali tarqaladi. To’g’ri ichakka tushgan lambliyalar xivchinini yo’qotadi va qalin po’stga o’ralib, sista hosil qiladi. Lambliya ichakda ko’payib,uning normal faoliyatining buzilishiga, ba’zan o’t pufagining yallig’lanishi - xoletsistitga sabab bo’lishi mumkin.
Download 36.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling