3 – Mavzu: Biosfyera uning vazifalari. Tabiatda moddalarning aylanma harakati Mavzuga doir tayanch iboralar
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ekologik siyosati
Download 42.65 Kb.
|
3-Мавзу
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ekologik siyosati
O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining bosh maqsadi – o‘z fuqarolari va qolavyersa butundunyo hamjamiyatini hayotiy zarur bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit bilan ta’minlash hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish orqali tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini takomillashtirishdan iborat. 1997 yilning 29 avgustida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunida insonlarning sog‘ligi va ularning turmushi uchun optimal ekologik sharoitlarni yaratib byerish, jismoniy baquvvat avlodni shakllantirish, barqaror rivojlanishni ta’minlash va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish masalalariga keng o‘rin byerilgan. Tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida ham o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50- moddasida tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish fuqarolarning burchi ekanligi, 54- moddasida mulkdorning mulkdan foydalanishi ekologik muhitga zarar etkazmasligi, 55- moddasida esa barcha tabiiy zaxiralar umummilliy boylik bo‘lib, ular davlat muhofazasida ekanligi e’tirof etilgan. Uning 100- moddasida atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasida milliy mustaqillik qo‘lga kiritilgach, 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Bu qonun respublikada tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh hujjat bo‘lib, u tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha respublikaning strategiyasini belgilab byeradi va shunga muvofiq ravishda boshqa barcha qonun va qonun osti meyoriy hujjatlar unga bo‘ysundiriladi. Qonun 11 bo‘lim va 53 moddadan iborat. Unda tabiatning har bir turdagi ob’ektlari muhofazalanishi hamda ulardan foydalanish qoidalari belgilangan va respublika fuqarolari yashash uchun qulay atrof muhitiga ega bo‘lishliklari kafolatlangan. Ushbu qonun doirasida respublikada tabiat muhofazasi borasida ko‘pgina boshqa qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: • 1989 yil, 20 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Yer to‘g‘risida» gi Qonuniga 1991, 1993 va 1994 yillarda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, takomillashtirilgan; • «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 1992 yil, 3 iyulda qabul qilingan; • «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 1993 yil, 6 mayda qabul qilingan; • «Yer osti boyliklari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 1994 yil, 23 sentyabrda qabul qilingan; • «Atmosfyera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 1996 yil, 27 dekabrda qabul qilingan; • «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 1997 yil, 26 dekabrda qabul qilingan; • «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 1997 yil, 26 dekabrda qabul qilingan; • «O‘rmon to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 1999 yil, 15 aprelda qabul qilingan; • «Ekologik ekspyertiza to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 2000 yil, 25 mayda qabul qilingan; • «CHiqindilar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 2002 yil, 5 aprelda qabul qilingan; • «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Bu qonun 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o‘zgartishlar asosida 2004 yilning 3 dekabrda qabul qilingan. YUqorida keltirilgan qonunlar doirasida respublika hukumati tomonidan ko‘pgina qonunosti hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, bularning barchasi yurtimizda mo‘‘tadil ekologik vaziyatni saqlagan holda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. Bular jumlasiga Respublika Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish haqidagi qator qarorlarini kiritish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish meyorlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi» hamda «Jinoyat Kodeksi» da belgilab byerilgan. Ma’muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to‘latish yoki ma’lum bir huquqdan mahrum qilish jazolari ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Jinoyat Kodeksi»ning 4- bo‘limi «Ekologiya sohasidagi jinoyatlar» deb yuritiladi. Unda sodir etgan huquqbuzarlik uchun jarima to‘lash, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish, ozodlikdan mahrum qilish va qamoq jazosi belgilangan. Download 42.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling