3 – Mavzu: Biosfyera uning vazifalari. Tabiatda moddalarning aylanma harakati Mavzuga doir tayanch iboralar
Tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari
Download 42.65 Kb.
|
3-Мавзу
Tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari
Tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi davlat boshqaruvi organlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: umumiy boshqaruv organi va maxsus boshqaruv organi. Umumiy boshqaruv organiga mamlakat Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalari kiradi. Bu organ mamlakatda tabiat muhofazasining umumiy yo‘nalishini, davlatning ekologik siyosati strategiyasini belgilaydi. Maxsus boshqaruv organi uch guruhga bo‘linadi: majmuaviy (kompleks) boshqaruv organi, sohaviy boshqaruv organi va vazifaviy (funksional) boshqaruv organi. Majmuaviy boshqaruv organiga bevosita tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar kiradi. Ular – O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi va uning joylardagi mahalliy organlari, Gidrometeorologiya Davlat qo‘mitasi, Geodeziya va yer kadastri Davlat qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidir. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi 1988 yil aprel oyida tashkil topgan bo‘lib, ekologiya sohasida etakchi hisoblanadi va u boshqalarning ekologik faoliyatini muvofiqlashtiradi. Qo‘mita bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo‘ysunadi va barcha vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek tadbirkor jismoniy shaxslar tomonidan tabiiy boyliklar o‘zlashtirishlarida qonunga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Qo‘mitaning atmosfyera, yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha Bosh boshqarmalari va nozirliklari mavjud bo‘lib,ular o‘ziga tegishli tabiiy komponentlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini nazorat qiladi. Qo‘mita va uning mahalliy organlari huzuridagi ekoekspyertiza xizmati sanoat korxonalarini to‘g‘ri joylashtirish va ularning atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida barcha qurilish-ta’mir loyihalarini ekspyertizadan o‘tkazadi. Qo‘mitaning standartlash va syertifikatsiyalash xizmati muhitning ekologik parametrlari bo‘yicha davlat standartini o‘rnatadi va mamlakatga chetdan kiritilayotgan ashyo va vositalarning ekologik jihatdan yaroqliligini aniqlaydi. Sohaviy boshqaruv organiga tabiiy resurslardan foydalanish bilan bir vaqtda ularning ma’lum bir sohasini muhofaza qiluvchi vazirlik va qo‘mitalar kiradi. Ularga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Kon-texnika davlat nazorati hamda Baliqchilik Davlat qo‘mitasi kiradi. Vazifaviy davlat organlariga o‘zlarining boshqa turdagi vazifalari Bilan birgalikda tabiiy resurslarning bazi turlarini muhofaza qilish vazifasini ham bajaruvchi vazirlik va tashkilotlar kiradi. Bular jumlasiga Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasini va Ichki ishlar vazirligi (atmosfyerani transport chiqindilaridan muhofazalash xizmati) ni kiritish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish ishida ba’zi jamoatchilik tashkilotlari faoliyati ham alohida o‘rin tutadi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish ishlari chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lib, ajdodlarimiz qadim zamonlardayoq yerdan unumli foydalanish, mevali va manzarali daraxtlarni ekib mevazor bog‘lar barpo qilish, ovloqlarni qo‘riqlab, u yerlardagi hayvonlarni ovlashning to‘g‘ri yullarini izlaganlar. SHuning uchun ham O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonning boy tabiati bundan 2700 yil ilgari zardo‘shtiylar diniga mansub (musulmon dinidan oldin) xalqlar tomonidan yaratilgan «Avesto» kitobining Vendidad qismida ta’riflangan. Feodal tuzumni boshidan kechirayotgan o‘zbek xalqlariga Sobiq Ittifoq davridan oldin ham hovlisining darvozasi oldida kamida bir juft mevali daraxt o‘stirish udumi bo‘lgan. Kishilarning bu va shunga o‘xshash tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdagi yaxshi niyatlarini ma’lum bir tartibga tushirish maqsadida asta-sekin jamoatchilik tashkilotlari paydo bo‘labordi. Bunday nodavlat tashkilotlarga misol qilib respublikada 60-yillarning boshlarida tashkil topgan «O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish jamiyati» hamda «Ovchilar va baliqchilar ko‘ngilli jamiyati»ni keltirish mumkin. O‘z atrofiga millionlab kishilarni to‘plagan tabiatni muhofaza qilish jamiyati bo‘limlari respublikaning barcha viloyat va tumanlarida tashkil etilib, ular o‘z vaqtida yer, suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha juda katta tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib bordi. Bundan tashqari bu jamiyatlar o‘sha davrlarda tabiat muhofazasi bo‘yicha respublika hukumatining yaqin yordamchilari bo‘lib xizmat qildilar. Jamiyat 1994 yilda o‘z faoliyatini to‘xtatdi va davr talabi bilan «Ekologiya va salomatlik - «EKOSAN» xalqaro fondi»ga qo‘shildi. Hozirgi kunda dunyoning 34 mamlakatini qamrab olgan «EKOSAN» fondining tashkil qilinishi tasodifiy hol emas. Tabiiy resurslarning jadal o‘zlashtirilishi bilan ulardan ajralayotgan chiqindilarning tobora ko‘payib, atrof muhitni ifloslashi jarayonida muhit ekologik holatini uyg‘un saqlash va bu chiqindilarning inson salomatligini zararlamasligiga yerishish zamonamizning dolzarb masalasiga aylandi. SHtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan ushbu fond hozir ayni shu masala bilan shug‘ullanmokda. Muhit sofligini saqlashni xalq ommasi orasida targ‘ibot qilish, muhitining ekologik holati yomonlashgan hududlar (Orolbo‘yi hududlari, Surxondaryoning Tojikiston alyuminiy zavodi chiqindilaridan zarar ko‘rayotgan Sariosiyo, Uzun, Denov va Oltinsoy tumanlari) aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ularning salomatligini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish O‘zbekistonda «EKOSAN» fondining hozirgi kundagi bosh maqsadlaridan biri qilib belgilangan. Bulardan tashqari jamoatchilik asosida ish ko‘radigan ko‘pgina ilmiy jamiyatlar hamda Xalqaro fondlarning respublikamizdagi vakilliklari mavjud-ki, bular tabiiy resurslarni muhofaza qilishga o‘z ulushlarini qo‘shib kelmoqdalar. Masalan, Xalqaro YOvvoyi Tabiat fondi (WWF) ning 1996 yilda respublikamizda ish boshlagan bo‘limi O‘rta Osiyo hududida tarqalgan buxoro bug‘usi (xongul) ning genetik fondini yaratish bilan bu kamyob hayvonni qirilib bitishdan saqlash borasida keng ko‘lamda ish olib bormoqda. Download 42.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling