3- mavzu Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari


Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish tо‘g‘risidagi qarorni qabul qilinishi


Download 116.5 Kb.
bet3/5
Sana24.03.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1291234
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari

3.Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish tо‘g‘risidagi qarorni qabul qilinishi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1475-sonli “Davlat xaridlari tizimini optimallashtirish hamda ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish tо‘g‘risida”gi Qarori


•maxsus kvotalar ajratish orqali kichik biznesning davlat xaridlari tizimidagi ishtirokini amalda yengillashtirish imkonini beradigan aniq mexanizm belgilab berildi;


•iqtisodiyotning mazkur tarmog‘i korxornalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xarid qilish, kо‘rsatilayotgan ish va xizmatlarga doir davlat buyurtmalarini joylashtirish bо‘yicha ochiq elektron axborot tizimi joriy etildi;
•1 apreldan boshlab davlat xaridlari bо‘yicha tender о‘tkazishda boshqa teng shartlar bilan bir qatorda, kichik biznes subyektlariga muayyan afzalliklar berish tartibi о‘rnatildi. YA’ni tenderda qatnashgan korxona va kichik biznes subyektining barcha kо‘rsatkichlar teng bо‘lganda kichik biznes subyektlariga ustunlik beriladi.
•qiymati 500 mln. sumgacha bо‘lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlari faqat kichik biznes subyektlari orasidan tanlab olinadi.
•barcha davlat xaridlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, maxsus tashkil etilgan Axborot (informatsion) portalda (XARID.UZ) kelgusidagi xaridlar tо‘g‘risidagi e’lonlarni 30 kundan kam bо‘lmagan muddatda joylashtirishlari shart ekanligi belgilandi.
•Davlat xaridlari bо‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan belgilanaligan ayrim turdagi tovarlar bо‘yicha bitta shartnomaga asosan qiymati ekvivalent 300 AQSH dollaridan 100 ming AQSH dollarigacha bо‘lgan davlat xaridlari О‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etadigan elektron savdolar orqali amalga oshiriladi.
•Kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan ulushlarni ishlatilishini tizimli monitoringini amalga oshirish maqsadida Qaror bilan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridlari bо‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil qilindi.
•Komissiya halol raqobatni rivojlantirish, kichik biznes subyektlarini tovarlar (ish, xizmat) yetkazib berish bо‘yicha Davlat buyurtmalarini olishini kengaytirish, Davlat byudjeti va boshqa markazlashgan manbalar mablag‘larini samarali ishlatilishini hamda Davlat buyurtmalarini aniq va ravshan ishlatilishini ta’minlash maqsadida tuzildi.
•davlat xaridlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari jarayoniga kichik biznes subyektlarini keng va aktiv jalb qilishga qulay sharoitlar yaratib berish;
•davlat byudjeti va boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish hisobiga tashkil etilayotgan xar bir tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari turi bо‘yicha kichik biznes subyektlariga ulush (kvota)larni belgilash;
•davlat xaridlari jarayoni va respublikamizdagi kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan ulushlarni ishlatilishi monitoringini amalga oshirish;
•davlat xaridini amalga oshirishga yо‘naltirilgan byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli va tо‘g‘ri ishlatilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
•Davlat xaridlari bо‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan elektron savdo orqali xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlari va kichik biznes subyektlariga ajratilgan ulush (kvota)larni bajarilishini monitoring qilib boradi.

Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling