3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat


Download 276 Kb.
bet24/37
Sana02.05.2023
Hajmi276 Kb.
#1423182
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi (dialektik ziddiyatlilik) qonuni falsafa qonunlari ichida markaziy o‘rinni egallab, bu qonunga muvofiq olamda har bir narsa va hodisa bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan va biri ikkinchisini istisno va taqozo etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi ziddiyat natijasida rivojlanish, eskining yemirilishi va yangining paydo bo‘lishi yuz beradi.
Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyatsiya – dissimilyatsiya, o‘zgaruvchanlik – turg‘unlik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin.
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)
Qarama-qarshilik birligi nima? Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi ham yo‘q bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).
Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima? Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga «beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. Shunday qilib, qarama-qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish jarayoni hamdir. Shu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning yechilishi).

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling