3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat


Ayniyat - predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o‘z-o‘ziga mosligi


Download 276 Kb.
bet26/37
Sana02.05.2023
Hajmi276 Kb.
#1423182
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Ayniyat - predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o‘z-o‘ziga mosligi. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning yechilishi bir necha bosqichdan o‘tadi. Dastlabki bosqich – predmetning o‘z-o‘zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o‘ziga xos belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o‘z-o‘zi bilan ayniy bo‘lmaydi. Masalan, ko‘zguga kelar ekansiz, siz o‘z qiyofangizda hech qanday farq ko‘rmaysiz. O‘z do‘stingiz bilan oradan besh yil o‘tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o‘zgarib ketibdi!», deb o‘ylasangiz kerak.
Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Xususan, 1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va tashqi ziddiyatlar;
2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.
Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasida, ikkinchi darajali ziddiyatlar esa – bog‘lovchi bo‘g‘inlar o‘rtasida yuzaga keladi. Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‘qligi predmetning sifatini o‘zgartirmaydi. zaruriy ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan avtomobil halokati yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar, stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatligi – ob’ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni to‘qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‘rib, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solish tafakkurning yetuklik belgisidir.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling