3- mavzu. Hodisalar ustida amallar. Shartli ehtimollik
Download 42.6 Kb.
|
3-amaliy mashgulot
1-misol. Yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Uning standart bo’lishi nostandart ekanligini istisno qiladi. «Tavakkaliga olingan detalning standart bo’lishi» va «Tavakkaliga olingan detalning nostandart bo’lishi» hodisalari birgalikda bo’lmagan hodisalardir.
Agar hodisalar elementar hodisalar fazosining qism to’p-lamlari sifatida qaralsa, u holda hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni to’plamlar o’rtasidagi munosabatlar sifatida talqin qilish mumkin. Birgalikda bo’lmagan hodisalar — bu umumiy elementar hodisalarga ega bo’lmagan hodisalardir. Agar eksperiment natijasida A hodisaning ro’y berishidan V hodisaning ro’y berishi albatta kelib chiqsa, A hodisa B hodi-sani ergashtiradi deyiladi va bu orqali belgilanadi. Agar va bo’lsa, u holda bo’ladi. 2-misol. SHashqoltosh tashlanmoqda. «4 raqamli tomon chiqdi» hodisasi «juft ochko chiqdi» hodisasini ergashtiradi. Ikkita A va B hodisalarning yig’indisi deb yo A hodisaning, yo V hodisaning, yo shu ikkala hodisaning ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U A+Byoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning yig’indisi deb shu hodisalardan hech bo’lmaganda bittasining ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. 3-misol. Zambarakdan ikki marta o’q uzilmoqda. Agar A hodisa birinchi o’q uzishda nishonga tegish, B esa ikkinchi o’q uzishda nishonga tegish hodisasi bo’lsa, u holda A+B hodisasi yo bi-rinchi o’q uzishda, yo ikkinchi o’q uzishda, yo ikkala o’q uzishda nishonga tegish hodisasi bo’ladi. Ikkita A va B hodisalarning ko’paytmasi deb A va B hodisalarning birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U AB yoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning ko’paytmasi deb shu hodisalardan hammasining birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. 4-misol. Yashikda birinchi va ikkinchi sonli zavodlarda ish-lab chiqarilgan detallar bor. Agar A hodisa standart detalning chiqishi, B esa detalь birinchi sonli zavodda tayyorlangan hodisasi bo’lsa, u holda AB hodisasi birinchi sonli zavodning standart detali chiqishi hodisasi bo’ladi. A hodisaga qarama-qarshi hodisa orqali belgilanadi. U A hodisa ro’y bermaganda va faqat shu holdagina ro’y bergan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, A va hodisalar ikkalasi jamlanib muqarrar hodisani tashkil etadigan birgalikda bo’lmagan hodisalardir, ya’ni . Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling