G‘arb sotsiologiyasida ijtimoiylik atamasi va maks veber konsepsiyasida ijtimoiy tiplar nazariyasi
Sotsiallik (ijtimoiylik) deganda insonlarning birgalikda mavjud bo‘lishini harakterlaydigan hamma hodisalar tushuniladi. Bunda tabiiy-fiziologik-biologik jihatdan farq qiladigan tomon ham hisobga olinadi. Sotsial yoki ijtimoiylik odamlar o‘rtasidagi bevosita yoki bilvosita munosabatlarning o‘zaro ta’siri natijasida jamiyatning turli qatlamlarga bo‘linishidir.
M.Veberning “Tushunish” nazariyasiga ko‘ra, sotsiologiyaning vazifasi – individual harakatning sub’ektiv sabablarini “tushunish”, ularni izohlab berishdan iborat. Bunday izohlash empirik jihatdan tekshirilgan bo‘limi va uning o‘zi individual hodisani sababiy tushuntirishning qismi hisoblanishi zarur. Veber individual ijtimoiy harakatlarni ularni anglash darajasiga qarab turlarga bo‘lgan. Ijtimoiy fanlar metodologiyasida M.Veber “ijtimoiy tiplar nazariyasini ilgari surdi.
M.Veber fikricha insonda 4 ta sotsial ta’sir mavjud:
1. Qattiq hayajon
2. An’anaviylik
3. Ratsional qadriyatlar
4. Ratsionallik
Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi.
Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo‘lakchalarining o‘ziga xos tomonlarini, o‘zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir.
Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati o‘ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |