Dunyoda 3 ta sektor mavjud:
1. Davlat sektori
2. Xususiy sektor
3. Nodavlat sektori
Shundan “davlat” tushunchasi odatda ma’lum bir hududda oliy hokimiyatga ega tashkilotni anglatadi. Davlatning mohiyatini yanada chuqurroq va har tomonlama anglash uchun uning muhim belgilarini bilish lozim.
Davlatning belgilari:
Boshqaruv apparatining borligi
Chegaralar (suverenitet).
Huquq tizimi.
Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat – hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o‘z siyosatini amalga oshiradi. “Hokimiyat”, “davlat” va “siyosat” tushunchalari o‘zaro juda yaqin bo‘lib, bir-birlarini belgilab beradi.
Sotsiologiya tarixda jamiyat – o‘z ijtimoiy ehtiyojlariniqondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birligini emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Jamiyat hayotini tadqiq qilishdagi 2 asosiy yo‘nalish
T.Parsons (1902-1979) amerikaning “faol harakat qiluvchi”va tizimli funksional g‘oyaga ko‘ra, faolning akter vaziyatini baholash faqatgina uning individual ehtiyojlarga aylanmasdan, mavjud madaniyat umumiy namunalariga mos keladi. Parsons sotsiologiyada tafakkurni tikladi. Bu yo‘nalishdaijtimoiy tizim o‘zgarishi tashqi kuchli ta’siri orqali tushuntirilib, ko‘proq psixologik omillarga e’tibor qaratilgan.
Marksistik ta’limotga ko‘ra, ijtimoiy tizim ziddiyatlar asosida ichki ta’siri orqali tushuntirish materialistik mohiyatga bo‘lgan moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy e’tibor qaratilgan.
Hozircha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilishasosan, ikki yo‘nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo‘nalish O.Kontdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan amerikalik sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik ta’limotlarini o‘z ichiga oladi.
Har ikki ta’limot ham jamiyat hayotida muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |