3- mavzu. Jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja
Partiyaviylik (faqat kommunistik partiya bo‘lishi)
Download 35.46 Kb.
|
Маруза матини
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.Parsons nazariyasi
Partiyaviylik (faqat kommunistik partiya bo‘lishi). Ijtimoiy mulk hukmronlik (xususiy emaC). Farovon jamiyat ma’naviy hayot uyg‘unligida emas, balki iqtisodiy farovonlikni apparat yo‘li bilan quriladi bu o‘zini oqlamadi. Prezident I.A.Karimov Farovon jamiyat asosi ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligida deb ma’naviyatni oldinga qo‘ydi. T.Parsons nazariyasi. T.Parsons (amerikalik: 1902-1979) sotsiologiyasida “Harakat nazariyasi” va “Tizimli – funksional nazariyasi”ni yaratadi hamda shu maktabga asos soldi. Bu g‘oyani Shilz, Olport, Sheldon va boshqalar bilan birga yozgan “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir” nomli kitobida bu nazariyani quyidagi o‘ziga xos jihatlar bilan asoslanadi. T.Parsons “Harakat nazariyasining o‘ziga xos jihatlari”. 1. Harakat nazariyasiga ko‘ra jamiyatni tartibga solishning til, qadriyatlar kabi ramziy mexanizmlarining mavjudligi. 2. Individual harakatning umumiy qabul qilingan qadriyatlar va me’yor-normalarga bog‘liqligi. 3. Uning irratsional (aqlga zid)ligi va muhim sharoitlarida mustaqilligi hamda shu vaqtning o‘zida vaziyatni sub’ektiv aniqlashga bog‘liqligida. T.Parsons kitobda “faol harakat qiluvchi” (individ yoki jamoa), “Vaziyat” (dan kelib chiqib ijobiy va salbiy ob’ektlarni farqlaydi) va “faolning vaziyat (ob’ekt)ga yo‘nalganligi” (vaqt bilan o‘lchanadi) tushunchalari asosiy hisoblanadi. Shuningdek, T.Parsons “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir asarida ta’kidlanganidek, ijtimoiy sub’ektlar bir-biri bilan “o‘zaro kutish tizimi orqali bog‘langan”: Harakatning umumiy nazariyasi:
Shaxs to‘laqonli psixologik tuzilma. Ijtimoiy faollikda harakat nazariyasi mavjud. Harakat tizimining formallashtirilgan modeli madaniy, ijtimoiy, shaxsli va organistik tizimchalarni o‘z ichiga oladi. Faollik individual ehtiyojlargagina emas, balki madaniyatning umumiy nazariyasi, qonunlariga ham tayanadi. Harakat qadriy konfiguratsiyalar namunalarining o‘zgaruvchanligidir. Parsonsning harakat nazariyasi biologiyadan o‘zlashtirilgan tizimli tasavvurlar bilan boyitilgan bo‘lib, ijtimoiy harakatchanlik quyidagi funksional muammolar to‘plami bilan shakllantirilgan: Tizimning tashqi ob’ektlariga moslashish muammosi. Maqsadga erishish muammosi. Integratsiya muammosi. Tuzilmani qaytadan tiklash muammosi. Keskinlikni yumshatish muammosi. Parsons fikricha, organizm moslashuv vazifasini bajaruvchi tizim hisoblanadi. Bu moslashuv tizim muhiti bilan o‘zaro harakat qilishda jismoniy va energetik zaxira (resurC) kuch-quvvat beradi. T.Parsons fikricha, Ijtimoiy tizim darajasiga ko‘ra: 1. Moslashuv funksiyasini – iqtisodiy tizimcha ta’minlaydi. 2. Maqsadga erishish funksiyasini – siyosiy tizimcha ta’minlaydi. 3. Integratsiya funksiyasini – huquqiy institut va urf-odatlar ta’minlaydi. 4. Tuzilmani qayta tiklash funksiyasini – e’tiqodlar tizimi, ahloq va ijtimoiylashuv agentlari (oila, tarbiya, ta’lim institutlari) ta’minlash. T.Parsons fikricha, murakkab tizimlarda o‘zaro ayirboshlash bevosita emas, balki bilvosita formallashtirilgan ramziy vositalar (til, qoniqish, madaniyat, pul, hokimiyat, ta’sir o‘tkazish, qadriy tarafdorlik (urf-odatlar) yordamida amalga oshiriladi. T.Parsons XX asr 60-yillarida jamiyat evolyusiyasi muammolarini tahlil etdi va jamiyat evolyusion doktrinasi asosida differensiatsiya g‘oyasini yaratdi. Download 35.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling