3- mavzu. Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
Axborotni to’plash uslublari
Download 236.11 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
3.3. Axborotni to’plash uslublari Bozorda vujudga kelayotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida seza bilish, muayyan davr mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o’rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to’liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo’ladi. CHunki, bozorda ruy berayotgan o’zgarishlarning jadalligi, o’zaro bog’liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. Marketing axborotlarini to’plash uslublari quyidagilar: 1. Kabinet tadqiqotlari: - xujjatlarni klassik tahlili; - maqsabli axborot tahlili; - kontent tahlil. 2. Dala tadqiqotlari: - so’rov; - kuzatuv; - eksperiment. 3. Kombinattsiyalashgan tadqiqotlar. 3.4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi: tartibga solish; masshtablashtirish; umumlashtirish va tahlil qilish. Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo’yicha, ularni tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bo’yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bo’yicha amalga oshiriladi. Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish tushuniladi. Ko’rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko’rinishila ko’rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi. SHkalalashtirish aniq o’lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo’llaniladi. Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi. Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo’yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompьyuterlar ishlatiladi. Download 236.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling