3- mavzu. Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash


Axborotni to’plash uslublari


Download 236.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi236.11 Kb.
#1365719
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu. Marketing

 
3.3. Axborotni to’plash uslublari 
Bozorda vujudga kelayotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida seza bilish, muayyan 
davr mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar 
taktikasini o’rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali 
tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to’liq olish, qayta 
ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir 
muncha cheklangan bo’ladi. CHunki, bozorda ruy berayotgan o’zgarishlarning 
jadalligi, o’zaro bog’liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. 
Marketing axborotlarini to’plash uslublari quyidagilar: 
1. Kabinet tadqiqotlari: 
- xujjatlarni klassik tahlili; 
- maqsabli axborot tahlili
- kontent tahlil. 
2. Dala tadqiqotlari: 
- so’rov; 
- kuzatuv; 
- eksperiment. 
3. Kombinattsiyalashgan tadqiqotlar.
3.4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash 
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi
umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi: 

tartibga solish; 

masshtablashtirish; 

umumlashtirish va tahlil qilish. 
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo’yicha, ularni 
tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. 
Kategoriya bo’yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki 
zonalar bo’yicha amalga oshiriladi. 
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlarni 
ko’rib chiqish tushuniladi. Ko’rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval 
ko’rinishila ko’rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi. 
SHkalalashtirish aniq o’lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni 
klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son 
shkalalari qo’llaniladi. 
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. 
Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq: trend tizimi, regressiya va 
korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar 
qo’llaniladi. 
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina 
texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va 
operativligiga qo’yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra 


hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, 
kompьyuterlar ishlatiladi. 

Download 236.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling