Savol va topshiriqlar
1. Adabiy til nima va u xalq shevalaridan nimasi bilan farq qiladi?
2. Xalq shevalari deganda nimani tushunasiz va uning adabiy til bilan aloqasi qanday?
3. Siz mansub bo‘lgan shevaning adabiy tildan farq qiladigan tomonlarini ayting.
29-mashq. O‘z shevangizga xos so‘zlashuv uslubining belgilarini adabiy til me’yorlari bilan qiyoslang va farqlarini tushuntiring.
30-mashq. Quyidagi chizmani ko‘chiring. Ilova qilingan so‘zlarni o‘qib, ularni orfografiya qoidalariga rioya qilgan holda namunada ko‘rsatilganidek chizmani to‘ldiring.
N a m u n a
Ishga, tog‘ga, tikkan, ketgach, aeroport, tushunmoq, kompaniya, fikr, monolog, qutildi, ko‘m-ko‘k, o‘qibdi, so‘roq, sana, angla, terakka.
Do'stlaringiz bilan baham: |