3- mavzu: O`zbek adabiy tili me`yorlarstrrepla: 1


Download 34.21 Kb.
bet9/10
Sana02.01.2022
Hajmi34.21 Kb.
#198189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-мавзу3

41-mashq. «Zumrad bahor» mavzusida xalq shevalariga hamda adabiy tilga asoslangan ikki matn tuzing. Har ikki matnning farqini tushuntiring.

42-mashq. Adabiy til me’yorlariga rioya qilinmagan so‘zlarni toping. Muallif nima uchun adabiy til me’yorlariga rioya qilmagan? Buning matn uchun qanday ahamiyati bor?

Otabek boyagi yarim vaziyatini buzmay so‘radi:

— Zaynabning so‘ziga Siz ishondingizmi?

— Ishonmaydirg‘on gapmi?

— Yaxshi, men unga shunday deb aytgan ham bo‘layin, lekin shunda ham Sizning xafalanishingiz menga qiziq tuyuladir. Ayniqsa, sizdan gap... Kumush ishonmadi. Otabek uning orqa sochidan tutib:

— Qani, gapiring-chi menga, orangizdan bir gap o‘tdimi, — deb so‘radi.

— Ha, o‘tdi, — dedi Kumush va chetga qarab kulimsiradi.

— O‘n besh kun bo‘lmasdan?

— Mendan boshqa xotin bo‘lsa, Zaynabingiz bilan birinchi kundanoq arazlashar edi...

— Xudo xayringizni bersin...

— Kesatmang.

— Kesatmasam gapiring.

Kumushning raqobati biroz tushgan edi, uch-to‘rt kunlik mojarodan yaxshig‘ina hasrat ochildi. Otabek hasratni yarim jiddiy tinglab bordi. Zaynabning keyingi so‘zi va so‘ng‘i yelpitish fojialari ham hasrat qolirig‘a birma-bir kirib chiqdi. Hasrat tug‘ilg‘ondan so‘ng Otabekning yuzidagi boyagi yarimjiddiylik ketib, uning o‘rnini o‘ychanlik oldi. Ul shu holatda anchagina so‘zsiz qoldi va oxirida o‘zidan natija kutib o‘ltirg‘uvchi Kumushga qarab, kulib qo‘ydi.

— Nega kulasiz?

— Chunki yig‘lamoqqa arzimaydi. Kumushning qoshlari chimirildi:

— Zaynabingizning bu qilig‘ig‘a men chidolmayman.

— Chidash va chidamasni hozircha bir tarafga qo‘yib turayliq, — dedi Otabek. — Ammo hammadan ilgari Sizdan so‘rayman: Menga ishonchingiz bormi?

— Bor, ham yo‘q, — dedi Kumush.

...Kumush uyalgannomo yuzini chetga burdi. Otabek tovushini sekinlatib davom etdi:

— O‘tgan kun Sizdan «Toshkentda qolasizmi, yo‘qmi?» deb so‘rag‘onim ham faqat shunga o‘xshash gaplar bilan Siz xafa bo‘lmang, deb aytilgan edi.



(A. Qodiriy)

43-mashq. Quyidagi fikrlarning mag‘zini chaqing. Uni misollar bilan tushuntiring.

Xalq tili adabiy tilimizning ichki oziqlantiruvchi hayotbaxsh manbayidir. Xalq tiliga asoslangan adabiy til qotib qolgan emas, u o‘zgaradi, boyib boradi va takomillashadi.



44-mashq. Matnni ko‘chiring. Badiiy til xalq tilidan qanday farqlanishini bilib oling.

Manzura toliqqan bo‘lishiga qaramay tunda uxlay olmadi. Yumshoq o‘rin unga tikanzor kabi tuyildi. Oilasidan ilk karra uzoqroq ketgani uchun qalbi notinch edi. Bezovta yurak yurtidagi noxushliklarni sezib, vujudini beholgina titratib turardi. Shu azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning tuni behad uzunday tuyildi. Uy isib ketib, nafas olishga arzir havo qolmaganday bo‘ldi. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqa­digan eshikni ochdi. Yuziga salqin shabada urildi, orom oldi. Tashqarida maydalab yomg‘ir yog‘a boshlagan, sanoqsiz chiroqlar yorug‘ida bog‘ to‘lin oy nuriga cho‘milganday so‘limlik kashf etgan edi, ammo bu so‘limlik uning kayfiyatini yaxshilashga qodir emas edi. Bu olam aro tunni bedor o‘tkazgan faqatgina Manzura emas. Necha ming, balki necha yuz ming, balki undan-da ko‘p odam — xasta ham, tani sog‘ ham, podsho ham, qayg‘uli ham, qayg‘usiz ham... tunni bedor o‘tkazadi. Hech kim o‘sha tunning o‘zida qayerdadir jigarbandi ham qalb titrog‘ida ekanini bilmaydi. Ahmoq Manzura ham ortida eri bilan qizining tunni uyqusiz o‘tkazishganidan bexabar edi.



(T. Malik)


Download 34.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling