3- mavzu: O`zbek adabiy tili me`yorlarstrrepla: 1
Download 34.21 Kb.
|
3-мавзу3
32-mashq. Matnlardan keltirilgan parchalarni o‘qing. Shevaga xos so‘zlarda, adabiy tildan chekinish bo‘lgan holatni topib, ularning o‘rniga adabiy tildagi muqobilini qo‘ying. Shevaga xos so‘zlarning qaysi jihatdan farqlanishini izohlang.
1. — Xo‘p, — dedi Saidiy bir kecha Yo‘lchiboyga, — yerni oldingiz, peshonangizdan chorakorchilikni o‘chirdingiz, bordi-yu, zamon teskari bo‘lib ketsa nima bo‘ladi? — Oq poshsho kelsa deysizmi? — Bari bir-da... Boyni yomon ko‘radigan hukumat bilan, albatta, boyni yaxshi ko‘radigan poshsho urishadi. 2. Menikini ham olarmishsizlar, deb eshitdim. Agar oladigan bo‘lsanglar, javur, ukalar... Hukumat kambag‘alparvar bo‘lsa, men boy emas... 3. Saidiy hovlining sahniga burildi, dimog‘iga zirvak hidi keldi. 4. Domla qizini Saidiy tomon yo‘lladi. — So‘rash, o‘rischa, znakom bo‘linglar... 5. Necha kundan beri kirib, ko‘r deyman, bu bevosh uyalaman, deb hech kirmaydi. 6. Yoqubjon javob bermay, qo‘lidagi o‘zi tergan bir necha satrni nabordan ottisk olish uchun press yoniga keldi. U qaytib kelib izoh bermoqchi edi, ammo metrenpaj ruxsatsiz harf terish mumkin emasligini aytib, ottisk olgani qo‘ymaganidan keyin, vyorstka tamom bo‘lguncha indamay, tergan naborini tarqatish bilan ovora bo‘ldi. 7. — Bu yashshamay o‘lgurning o‘zi yomon, — dedi opasi, mushtini yerga qadab, — sen bilan orani buzishga buzib boshiga ish tushgandan keyin biram o‘tirgani joy topolmay yurdiki... (A. Qahhor)
N a m u n a: sevindi — suyundi. Anjon — Andijon, Samarqan — Samarqand, asma— astma, do‘slik — do‘stlik, ishleman — ishlayman, telvizor — televizor, ko‘yni — ko‘ngli, obketaman — olib ketaman, to‘r — to‘rt, ishka — ishga, silar — sizlar, bo‘maydi — bo‘lmaydi, istudent — student, abzal — afzal, kexsa — keksa, mart — mard, dasro‘mol — dastro‘mol. Yuqoridagi so‘zlar ishtirokida og‘zaki matn tuzing. 34-mashq. Hamzaning hajviy she’rini «nutq toni» (yuqori tantanavorlik, jo‘shqinlik)ga e’tibor bergan holda o‘qing. MEVALAR MAJOROSI Gilos haddan oshiqib, Xafalikdan toshiqib, Keldi o‘rik boshiga, Musht ko‘tarib shoshiqib: «Ey o‘rik, san so‘zlama, — Maqtanmoqni ko‘zlama! Yonboshingga bir tepay, Bog‘ga hargiz yuzlama G‘o‘rang qursin, kech bitar, Yegan kishi tish sinar... Yuqoridagi she’rdan xulosa qilib, eski adabiy tilning xalq tiliga qanday moslashganini tushuntiring.
Said Ahmadning «Ufq» romanidagi Ikromjonning nutqidan namunalar: — Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xo‘rliklarni oyoq ostiga olib toptamagunumcha yashashim shart. Yashayman! Boshimga tugamas savdolar solgan urush olovi o‘chganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim shart. Shu yerda turib nemisga o‘q otaman. O‘qim qolmasa, qo‘ltiqtayog‘im bilan boshini yanchaman. O‘lish yo‘q. O‘lish — nomardlik. Nomard bo‘lib o‘lishni istamayman, istamayman... — Yo‘q, bolam, men dardga chalinmayman. Men o‘lmayman. Tik bo‘lsam yurib, yiqilsam emaklab, yotib qolsam surilib hu o‘sha ufqqa boraman. Ufqdan turib Yozyovonimga bir qayrilib qarayman. Ufqqa bormay o‘lishim mumkin emas... Download 34.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling