3 – mavzu: yurak tomir tizimi tuzilishi. Endokirintizimi tuzilishi


Download 1.39 Mb.
bet3/10
Sana12.03.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1262751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3 – MAVZU (1)

Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta deb ataluvchi katta arteriya qon tomiridan boshlanib, yirik, o‘rta va mayda arteriya tomirlari orqali tananing barcha to‘qima va organlarini arteriya qoni sifatida kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlab, vena qoniga aylanadi hamda yuqorigi va pastki kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi deb ataluvchi katta qon tomiridan boshlanib, u o‘ng va chap o‘pka arteriyalari, kapillarlarga bo‘linadi. Bu qon o‘zidagi karbonat angidridni o‘pka alveolalariga o‘tkazib, ulardan kislorodni qabul qilib, arteriya qoniga aylanadi va 4 ta o‘pka venalari orqali yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi.
Limfa aylanishi. Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo‘lib, ular orqali limfa suyuqligi oqadi.Limfa sistemasi limfa kapillarlari, mayda, o‘rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shundaki, limfa tomirlari organ va to‘qimalarga kelmaydi,balki ulardan boshlanadi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor.Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo‘lib o‘rtacha1—2 l limfa suyuqligi bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda 1200—1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vena qon tomirlariga quyiladi.Buning o‘rniga to‘qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo‘lib turadi.
Taloq. Taloq qorin bo‘shlig‘i chap tomonining yuqori qismida,ya’ni chap qovurg‘alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140—200 g.
Taloqda limfotsitlar hosil bo‘ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfotsitlar odam organizmining immunitet xususiyatini ta’minlashda ishtirok etadi. Demak,taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitet)vazifasini bajarishda ishtirok etadi.Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha qismi zaxira holda to‘planadi,ya’ni u qon deposi vazifasini bajaradi.Shu bilan birga, taloqda qonning yashash muddatini o‘tagan shakllielementlari (eritrotsitlar va leykotsitlar)parchalanadi.Jismoniy mehnat va sport bilanshug‘ullanganda taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payadi. Demak,bunda odam organizmining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati
(immunitet) kuchayadi.
  • 1 — bosh va bo‘yin qon tomirlari;2 — qo‘l tomirlari;3 — aorta; 4—o‘pka venalari;5 — o‘pka tomirlari; 6— me’da tomirlari; 7— taloq tomirlari;8— ichak tomirlari; 9— oyoq
  • tomirlari; 10— buyrak tomirlari;11 jigar tomirlari;12— pastki kovak vena;13 —yurakning chap qorinchasi;14 — yurakning o‘ng qorinchasi;15 — yurakning o‘ng bo‘lmachasi; 16 — yurakningchap bo‘lmachasi; 17— o‘pka arteriyasi; 18— yuqori kovak vena. Izoh: qizil rang — arteriya qoni; ko‘k rang — vena qoni; to‘q qizil rang — aralash qon
  • (ko‘proq arteriya qoni).


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling