3 – mavzu: yurak tomir tizimi tuzilishi. Endokirintizimi tuzilishi


Download 1.39 Mb.
bet7/10
Sana12.03.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1262751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3 – MAVZU (1)

Qalqonsimon bez. Bu bez bo‘yinning oldingi qismida joylashgan bo‘lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi.Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5—10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25—30 g gacha bo‘ladi
Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Tiroksinning 65% dan ko‘prog‘i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. U yurak ishining gumoral yo‘l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o‘sishi va rivojlanishida, asab tizimi
funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega.Giðotireoz, ya’ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug‘ilgandan keyin turli yoshlarda va, hatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning og‘ir ko‘rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi,ya’ni esda saqlash, o‘zlashtirish qobiliyati pasayadi.
Endemik buqoq. Ba’zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo‘ladi.Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o‘rtasida endemik buqoq ko‘p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib,bo‘yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil bo‘ladi.Tireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi,tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanishi natijasida sodir bo‘ladigan kasallikdir. Uni aniqlagan olimning nomi bilan Bazedov kasalligi deb ham yuritiladi.
8 yoshli o‘g‘il bolada tireotoksikoz
(Bazedov) kasalligining ko‘rinishi:
ko‘zlari chaqchaygan, qalqonsimon
bezi kattalashgan, o‘zi ozg‘in. Bu kasallikda qalqonsimon bezning
hajmi kattalashib, ba’zan bo‘yinning oldingi
sohasi bo‘rtib chiqadi.
  • Bemorda ko‘zning chaqchayishi, ko‘p terlash, asabiylashish,uyqusizlik, ozish, yurak o‘ynashi holatlari sodir bo‘ladi.Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda ozib ketadi. Kasallikning og‘ir turida bemor jarrohlik yo‘li bilan
  • davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling