3 – mavzu: yurak tomir tizimi tuzilishi. Endokirintizimi tuzilishi


Download 1.39 Mb.
bet8/10
Sana12.03.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1262751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3 – MAVZU (1)

Qalqon orqa bezi. Bu bez to‘rtta bo‘lib, qalqonsimon
bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy og‘irligi100—150 mg ni tashkil qiladi.Qalqon orqa bezlaridan paratgormon gormoni ishlab chiqariladi.
Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv-muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo‘llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to‘kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bo‘lib qoladi,nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi ortib ketib, odam
tanasining umumiy qaltirashi, ya’ni tutqanoq (tetaniya) holati yuzaga keladi.Qalqon orqa bezlarining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab chiqarilishi ko‘paysa, nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo‘shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez. Bu bez to‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan.Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo‘lib, to balog‘atga yetish davrigacha, ya’ni 14—15 yoshgacha kattalashib, 30—40 gga yetadi. So‘ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi.Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolaning me’yorida balog‘atga yetishishida ishtirok
etadi. Bundan tashqari, timozin limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytirib,organizmning immunitet xususiyatini oshiradi
Buyrakusti bezlari. Bu bezlar ikkita bo‘lib, nomiga monand o‘ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi.Ularning birgalikdagi og‘irligi 10—20 g. Buyrakusti bezlari ikki qavat: ustki — po‘stloq va ichki — miya qavatidan iborat. Buyrakusti bezining po‘stloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid,androgen va estrogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va
adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Ularning hammasi odam hayotida muhim ahamiyatga ega.
Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
Glukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta’sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi.
Androgen va estrogen gormonlari erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrakusti bezlarining ichki — miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri bir xil bo‘lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling