3 – mavzu: yurak tomir tizimi tuzilishi. Endokirintizimi tuzilishi
Yurak va qon tomir kasalliklarining
Download 1.39 Mb.
|
3 – MAVZU (1)
Yurak va qon tomir kasalliklarining ko‘p uchraydigan turlariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog‘ va tuz moddalari to‘planishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mo‘rtlashib va torayib qolishi), giðertoniya (arterial qon bosimining ko‘tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo‘ladi), miokard infarkti (qon
aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi.Bulardan tashqari, maktab yoshidagi bolalarda ko‘p uchraydigan angina, surunkali tonzillit (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi)va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig‘lanish kasalliklari tufayli odam yoshlik chog‘idanoq ish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug’ullanish kerak. ENDOKRIN TIZIMI TUZILISHI. Odam organizmida uch xil bez bo‘ladi: 1. Tashqi sekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‘, sut, so‘lak (quloqoldi, tilosti va jag‘osti) hamda me’da va ichak shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda hosil bo‘ladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi. 2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari, deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlariga giðofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon orqa, ayrisimon,buyrakusti bezlari kiradi. 3. Aralash bezlar. Bularning to‘qimasi ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlariga o‘xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlari singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga me’daosti va jinsiy bezlar kiradi. . Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon, deb ataladi. Bezlarda ishlab chiqariladigan gormon bevosita bezning to‘qimasidan o‘tayotgan qon va limfaga quyiladi.Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar nihoyatda oz miqdorda, ya’ni grammning milliard qismiga teng. Ammo shunga qaramay, ular odam organizmidagi barcha moddalar almashinuvi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo‘shilgan holda organizmning endokrin sistemasini tashkil etadi. Bu bezlar odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lsa ham, ularning funksiyasi bir-biriga chambarchas bog‘liq.Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon, deb ataladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling