3- shaxsni shakillanish jarayonida, hissiy emotsional holatlari o‘zgarishining ijtimoiy psixologik xususiyatlar


Download 57.72 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi57.72 Kb.
#1274180
Bog'liq
JAMIYAT VA SHAXS PSIXOLOGIYA


REJA:
1- PSIXOLOGIYANING ASOSIY VAZIFALARI 
2- SHAXSNING SHAKLLANISH OMILLARI

3- SHAXSNI SHAKILLANISH JARAYONIDA, HISSIY EMOTSIONAL HOLATLARI O‘ZGARISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR

XULOSA

FOYDALANGAN ADABIYOT



Inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qarama-qarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimgi qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. XVIII asrga kelib M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, A. Golbax, D. Didrolar psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi.
Psixologiya taraqqiyotida, umuman, XIX asrdagi eksperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmuasi qoʻllana boshlandi: kuzatish, labaratoriya eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va hokazolar. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va hokazolar. Psixologiyaning rivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental laboratoriya (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi labaratoriyasi, G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsakovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimental laboratoriyalari psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912-yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psixologiyasi instituti tashkil qilindi. XX asrning 1-yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, Blonskiy va boshqalar dialektikaga asoslangan ilmiy psixologiyani yaratishga kirishdilar.
Hozirgi zamon psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy psixologiya, aviatsiya psixologiyasi, harbiy psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq psixologiyasi, tibbiyot sixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, sport psixologiyasi, maxsus psixologiya, ijodiyot psixologiyasi, menejment psixologiyasi, marketing psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya,yosh psixologiyasi,tashkiliy psixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologiya tarixi, genetik psixologiya, amaliy psixologiya, eksperimental psixologiya, kasb psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy psixologiya va boshqa psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonaviy psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. Psixologiyada oʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qiladilar, buning oʻrniga obyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyektiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda psixologiya 1928-yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929-yil Xalq maorifi komissarligi qoshida psixologiya laboratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. XX asrning 2-yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chiqdi. Hozirgi davrda psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Shoumarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar psixologiyaning umumiy psixologiya, pedagogik va yosh psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari Oʻzbekiston milliy universiteti, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. O'zbekistonda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.
alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.
Ma’lumki, bizga hozircha ma’lum bo'lgan dunyo uch qismdan, ya’ni: a) qum zarrasidan tortib galaktikagacha bo’lgan moddiy borliq, ya’ni tabiatdan b) tabiatning rivojlanib o’ziga xos yashash tarzini o’tayotgan, hozircha faqat erda kuzatilgan va inson jismi bilan borliq bo’lgan ko’rinishi - jamiyatdan hamda v) ana shu ikkala borliqning inson ongidagi in’ikosi bo’lmish ma’naviy borliq - ya’ni ruhiyat dunyosidan iboratdir. Shu ma’noda olamni o’rganuvchi fanlarni shartli ravishda uch yo’nalishga bo’lish mumkin: tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va ma’naviyatshunoslik. Ularning har biri, o’z navbatida, yana bir qancha yo’nalishlar va turlarga bo'linib ketadi. Masalan, tabiatshunoslik ximiya, fizika, biologiya, geologiya va boshqalarga bo‘linsa, jamiyatshunoslik tarix, huquqshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiologiya, estetika, ma’naviyat asoslari va shu kabilarga bo'linadi, ma’naviyatshunoslik esa - axloqshunoslik, psixologiya kabi fanlarni o ‘z ichiga oladi. Shuni unutmaslik kerakki, ushbu fanlarning har biri ham o'z navbatida, bir necha fanlarga bo‘linib ketadilar. Masalan, ximiya - anorganik va organik ximiyaga, fizika - mexanika, elektrodinamika, optika, kvant mexanikasi va boshqalarga, biologiya - botanika, zoologiyaga bo'linadi va hokazo. Shu bilan birga bu fanlar ham, o‘z navbatida, yanada kichikroq, ammo yanada aniqroq fanlarga bo'linadilar. Fanlar taraqqiyotidagi ushbu jarayon ularning yanada boyib, inson bilimining esa yanada chuqurlashib borayotganidan dalolat beradi. Ilmiy tilda bunga fanlar differensiatsiyasi deb ataladi. Yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlaming har biri yana bir qancha fanlardan tashkil topadi, ular ham o‘z navbatida yanada "kichikroq", "chuqurroq" qismlarga bo'linib ketadi. Fanlar taraqqiyotida differensiatsiyaga teskari bo'lgan, ammo fanlarning yanada rivojlanayotganidan dalolat beruvchi boshqa bir hodisa ham yuz beradiki, unga fandagi integratsiya jarayoni deyiladi. Bunda aksincha, fanlarning o'z ichida yanada chuqurlashuvi emas, balki bir necha fanlarning o'zaro qo'shilishi yuz beradi. Aslini olganda bu hoi real dunyodagi bir-biri bilan bog’langan jarayonlarni aks ettiradi, ya’ni ularning in’ikosi sifatida amal qiluvchi fanlar ham o'zaro qo'shilib ketadilar va o'ziga xos "sintez", "aralashma".fanlar hosil bo'ladi. Bunga biofizika, iqtisodiy kibernetika, biogeoximiya, radioastronomiya, iqtisodiy geografiya, astrobiologiya, fizik ximiya va boshqa fanlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. 2. "Shaxs va iamivat" predmetinine mazmuni va uning boshqa fanlar orasida tutsan о 'rni Mavjud fanlarning asosiy ko'pchiligi insonning o'zini har xil nuqtai nazarlardan tadqiq qiladi. Biologiya va tibbiyotga oid fanlarda u jonli organizmlarning biri sifatida o'rganilib, fiziologik, jismoniy, anatomik, gigienik, genetik va boshqa tomonlardan tavsiflanadi. Psixologiyada esa odamning ruhiy 4 olami, uning xotirasi, hissiyotlari, intilishlari, tafakkuri va shunga o‘xshash jihatlari o'rganiladi. Tarix fanida esa uning tarixiy taraqqiyoti va kamoloti ko‘rib chiqiladi. Siyosatshunoslik, dinshunoslik, falsafa va boshqa fanlar ham insonni o‘z predmeti nuqtai nazaridan o‘rganadilar. Xullas, fanlar kompleksi birgina insonning o‘zini har jihatdan o‘rganadi va unga har xil ta’riflar beradi. Shu nuqtai nazardan insonning o‘zini bir necha tushunchalar ifodalashini ko‘rishimiz mumkin: odam, inson, organizm, individ, banda, tana, shaxs va boshqalar. Jamiyat haqida ham yuqoridagi kabi fikrlarni aytishimiz mumkin. Uni ham turli fanlar o‘z nuqtai nazarlaridan o‘rganadilar va uning ham ko'plab, ba’zan birbiriga mutlaqo mos kelmaydigan ta’riflari mavjud. Siz ular haqida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot asoslari kabi predmetlarni o‘rganish paytida muayyan tushuncha hosil qilgansiz. Masalan, "kitobsevarlar jamiyati", "ovchilar jamiyati", "faylasuflar jamiyati", "kiborlar jamiyati" kabi tushunchalarga duch kelgan paytimizda "jamiyat" so‘zi ostida yagona qiziqish, biralikda faoliyat ko‘rsatish, birbiriga ko‘maklashish maqsadida birlashgan kishilar guruhini anglaymiz. "Ibtidoiy jamiyat", "feodal jamiyati", "burjua jamiyati" yoki "amerika jamiyati" iboralari esa insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarini yoki aniq bir mamlakatni aks ettiradi. Mazkur tushunchani yanada umumlashtiradigan boMsak, u tabiatdan ajralib chiqqan, ammo baribir uning bir qismi bo‘lib qoladigan kishilar hamjamoasini, bir-biri bilan turli-tuman va murakkab munosabatlarga kirishadigan Er yuzidagi barcha kishilar yig’indisini anglatadi. Kishilarning o'zaro aloqalari va munosabatlari natijasida jamiyat hayotida bir biridan farqlanadigan, ammo bir-biriga faol ta’sir qiladigan nisbatan mustaqil bo‘lgan bir qancha qismlar, bolaklar, elementlar amal qiladi. Ulaming birgalikdagi faoliyati jamiyatning bir butun va doimiy o‘zgarishda bo‘lgan dinamik tizim sifatida amal qilishini ta’minlaydi. Umuman olganda " tizim " iborasi deyarli barcha narsa, ob’ekt va hodisalami tavsiflaydi va ularning nisbatan kichikroq qismlardan, bo'laklardan, elementlardan tashkil topganini hamda ular o‘rtasida muayyan aloqalar, bog’lanishlar mavjudligini bildiradi. Tizimning normal amal qilishida uning turli qismlari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar belgilovchi rol o‘ynaydi. Dinamik, ya’ni o‘zgarishda bo‘lgan tizim juda ko‘p, ba’zan son-sanoqsiz doimiy o‘zgarishda boMgan qismlar va elementlardan iborat. Ularning har biri o‘z navbatida yanada kichikroq bo‘lgan tizim va elementlarga ajraladi, yoki aksincha, har bir tizim unga nisbatan kattaroq, kengroq hodisaga nisbatan element sifatida amal qilishi mumkin. Jamiyat mustaqil bo‘lgan, lekin nisbatan torroq, (ko‘pincha fanda "podsistema" deyiluvchi) kichikroq, ijtimoiy hayot solialari deb ataluvchi tizimlardan iborat. Masalan, iqtisodiy (moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar), ijtimoiy (guruhlar, tabaqalar, sinflaming munosabatlari), siyosiy (davlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar faoliyati), ma’naviy (axloqiy, diniy, madaniy, falsafiy, ilmiy tizim va hokazo). Bularning har biri murakkab hodisa bo'lib, o‘z navbatida yanada kichikroq, torroq elementlardan, qismlardan tashkil topadi. Shuning uchun har xil tadqiqotchilar jamiyatni har xil nuqtai nazardan: kimdir tashkilotlar sifatida, kimdir - ijtimoiy munosabatlar sifatida, kimdir - 5 kishilar guruhlari sifatida, kimdir - ijtimoiy birliklar aloqadorligi sifatida o‘rganadilar. Jamiyatning asosiy elementlaridan biri sifatida inson jamiyat hayotida qandaydir (masalan, mehnat, kasaba tashkiloti, etnik, diniy va shu kabi) jamoalarning a’zosi sifatida ishtirok etadi. Bu ma’noda jamiyat jamoalarning jamoasi sifatida yuzaga chiqadi. Ana shu jamiyatni o ‘rganuvchi fanlar ham jamiyatning o‘zi singari turli-tuman bo‘lib, ular jamiyatni turli nuqtai nazardan ochib beradilar. Masalan, tarix fani turli-tuman konkret tarixlarga ajratiladi. Bunga u yoki bu mamlakat tarixi, har bir fan tarixi, har bir kashfiyotlar tarixi, har bir mamlakatdagi turli hududlar, shaharlar tarixi, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, partiyalar tarixi, qo‘yingki, har bir oila va shaxs tarixi misol bo‘lishi mumkin. Bularning har biri o‘z ob’ekti bo‘lmish narsa yoki hodisani paydo bo‘lishidan tortib u qachongacha bosib o'tgan vaqt mobaynida boshidan kechirgan barcha voqealarni xronologik ketma-ketlikda aks ettiradi. "Shaxs va jamiyat" o‘quv predmeti jamiyat yoki inson to‘g ‘risidagi muayyan masalalarni ko‘rib chiqayotgan paytda ularning tarixidagi o'ziga xosliklar, turli voqealarning mazkur hodisalar rivojiga ko‘rsatgan ta’sirini e’tiborga olishi, ya’ni ulaming tarixini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Chunki u yoki bu mamlakat o‘rtasidagi hozirgi munosabatlar o‘rganilayotganda ularning uzoq tarix davomidagi o‘zaro munosabatlarida yuz bergan xodisalar albatta ta’sirini ko‘rsatadi. Ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik esa hozirgi paytdagi munosabatlaridagi ba’zi "noaniq", "tushunarsiz” holatlarni to‘g‘ri anglashda yordam beradi. Bunga misol tariqasida 0 ‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga bundan 550-600 yil ilgari yuz bergan voqealar ko‘rsatgan ta’simi yoki Markaziy Osiyo hamda Arab dunyosi, Mug‘ulistonning o'zaro munosabatlariga ularning uzoq tarixining ta’sirini ko‘rsatishimiz mumkin. Yoki "Iqtisodiyot asoslari" va "Shaxs va jamiyat" predmetlarini birbirining bilimlari va tushunchalarisiz to'liq tushunish qiyin. Chunki jamiyat hayotining turli sohalari va inson faoliyati iqtisodiy qonunlar ta’siri ostida yuz beradi va, aksincha, iqtisodiyot sohalaridagi o‘zgarishlar jamiyatning siyosiy, huquqiy, ma’naviy o‘zgarishlar ta’sirida kechadi. Ular doimo bir-birini taqazo qiladi. Ulami inkor etish yoki tan olmaslik ham insonga, ham jamiyatga salbiy ta’sir etadi. Insonni juda ko'plab fanlar o‘rganadi. Masalan, uning jismoniy-fiziologik xususiyatlari biologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, genetika kabilar tomonidan, hatti-harakatlari axloqshunoslik, pedagogifca, psixologiya va boshqa fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Aslini olganda fanlarning barchasi u yoki bu darjada inson masalasini o‘z ichiga oladi. Shu ma’noda inson, uning tabiiy va ijtimoiy borlig‘i ko‘plab fanlarning o'rganish mavzuini tashkil etadi. Insonni o‘rganishda uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy hodisalarga yaxshilik, yomonlik, vijdon kabi axloqiy xususiyatlar nuqtai nazaridan yondoshish etika predmetining mavzuini tashkil etadi. Xuddi shularga nafosat, chiroylilik, xunuklik, ulug‘vorlik, fojealilik, kulgililik nuqtai nazaridan yondoshilsa estetik bilimlar hosil bo'ladi. "Shaxs va jamiyat" predmeti esa bu hodisalami birdaniga ham axloqiy, hair* estetik, ham siyosiy, ham huquqiy va boshqa ijtimoiy bilimlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Shu ma’noda ushbu fan inson va jamiyat haqidagi 6 alohida fanlarning o‘ziga xos birlashuvi, sintezi hisoblanadi va unda ana shu sohalarga doir bilimlar o‘ziga xos tarzda namoyon bo'ladi.
Shaxs u yoki bu xildagi hayot tarzini tanlash imkoniga ega bo‘lgan ongli va faol insondir. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning shaxsiy va psixologik sifatlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi, chunki bunday ma’lumotlarni bilish va shaxslararo munosabatlarda hisobga olish juda muhimdir. Inson shaxsi jamiyatning a’zosi sifatida turli xil o‘zaro munosabatlar doirasida faoliyat yuritadi. Shaxsning shakllanish jarayoniga shaxslararo munosabatlardan tashqari jamiyatdagi mavjud siyosiy doiralar va mafkuraviy qarashlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. [1] Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin. Shaxs tushunchasi insonga talluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. O‘sib kelayotgan organizimni to‘g`ri tarbiyalash uchun bola organizimining o‘sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilishi zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizimiga ham hos xususiyatdir. Organizimning har tomonlama o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Odam organizimi paydo bo‘lganidan to umrining oxiriga qadar ketma-ket keladigan morfologik, biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlarga uchraydi. Albatta bu o‘zgarishlar o‘sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog`langan. Biroq bu irsiy faktorlarni yuzaga chiqishida, yosh xususiyatlarini shakillanishida ta’lim, tarbiya, bolaning ovqatlanishi, turmushining gigiyenik sharoiti, uning kattalar bilan muloqoti, sport va mehnat faoliyati, umuman olganda insonning ijtimoiy hayoti kata ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri bu uning individualligi ya’ni yakkaxolligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‘pincha ularda har xil vazifani bajaradi, bir biriga o‘xshamagan ro‘llarni ijro etadi. Masalan ota-ona va oilaning egovi injiq zo‘ravon bola o‘z tengqurlari davrasida extiyotkorona harakat qilib, o‘zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek jiddiy talabchan, xizmat vaqtida boshqalarga qo‘shilmaydigan, sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Shaxsning tarbiyasi va rivojlanishi ijtimoiy muhit ta'siri ostida sodir bo'ladi, ijtimoiy tarbiya odamga o'zini takomillashtirishga, muayyan yutuqlarga erishishga yordam beradi. Ijtimoiy tarbiya jarayoni oilada, maktabda, ta'limning barcha bosqichlarida, ishda sodir bo'ladi. Bolani ijtimoiy tarbiyalashning asosiy markazlari oila, maktab va ko'cha muhiti hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar va shaxsiy muloqot sohasida an'analar va urf -odatlar katta rol o'ynaydi. Psixik xususiyatlar birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsuz o‘qitiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o‘zaro ta’sir tizimida mavjud bo‘ladiki, unda u to‘g`ri harakat qilish uchun o‘zgalarni tushunishga harakat qilishi, o‘zgalar rolini qabul qilishga tayyor bo‘lishi lozim. Lekin o‘zgalar rolini to‘g`ri qabul qilish uchun unda umumlashtirilgan o‘zga obrazi bo‘lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo‘lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo‘lish jarayonida shakllanadi. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi bu esa fan tarixida o‘ta progressiv hol edi. Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko’ra, uning holati haqida fikr yuritish mumkin. His-tuyg’ular – kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. Histuyg’ularning kechishi sub’ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda bironbir narsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa to’g’risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma’lum yoki noma’lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro’y beradi. Shu hollarning barchasida his-tuyg’ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so’z yuritiladi. Bu yerda oilaga hos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o‘rganiladi. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda xam o‘z ifodasini topadi. Oilaviy munosabatlar o‘zining ko‘p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o‘z muammolarini bahamjihatlik bilan, o‘zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma’naviy asoslari mustahkam bo‘ladi. Alohida ta’kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov unosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy psixologik hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.Shaxs ijtimoiy psixologiyada, garchi uning shakllanishiga jinsi, temperamenti, irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatsada, ijtimoiy fenomen sifatida qaraladi.Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Xulosa o‘rnida shuni aytamizki shaxsning sog`lom turmush tarzini yaratishda, psixik va oilaviy shakillanishida, bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida yuqorida aytib o‘tilganidek, turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashiqlar muhim ahamiyatga ega.

XULOSA
Shaxs u yoki bu xildagi hayot tarzini tanlash imkoniga ega bo‘lgan ongli va faol insondir. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning shaxsiy va psixologik sifatlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi, chunki bunday ma’lumotlarni bilish va shaxslararo munosabatlarda hisobga olish juda muhimdir. Inson shaxsi jamiyatning a’zosi sifatida turli xil o‘zaro munosabatlar doirasida faoliyat yuritadi. Shaxsning shakllanish jarayoniga shaxslararo munosabatlardan tashqari jamiyatdagi mavjud siyosiy doiralar va mafkuraviy qarashlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. [1] Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi.



FOYDALANGAN ADABIYOT
I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kush” asari
Toshkent Ma’naviyat 2008 y
D.A. Mamatkulov “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari”
Toshkent 2017 y 17 c
E. G`. G`oziyev “Psixologiya” kasb xunar kollejlari uchun darslik birinchi nashr Toshkent 2012
G`. B. Shoumarov “Oila psixologiyasi”3 Toshkent 2010 y
N.Islomova D. Andullayeva “Ijtimoiy psixologiya”1 Toshkent 2013
Download 57.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling