3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu (1)
Suyurg‘ol erlari maydoni, sharti hamda er va yorliqqa ega bo‘lgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha
bo‘lgan. An’ana bo‘yicha, shahar va viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha bo‘lgan mulk suyurg‘ol shaklida in’om etilgan. Viloyatlar va shaharlar ko‘pincha sulola vakillari, yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan hamda bu erlar ko‘pincha avloddan avlodga meros bo‘lib qolgan. Suyurg‘ol egasi o‘z mulkida amaldorlarni mansabga tayinlash, soliqlar va turli to‘lovlarni to‘plash hamda aybdorlarni jazolash huquqiga ega bo‘lgan. SHuningdek, huquqlari cheklangan mayda suyurg‘ol egalari ham bo‘lgan. Dehqonchilik erlarining boshqa kattagina qismi mulk maqomidagi xususiy erlardan iborat bo‘lgan. Mulk erlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning erlari bo‘lgan. Mehnatkash ziroatchilarning mayda erlari ham mulk hisoblangan. Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biror xizmati uchun tarxon yorlig‘i berilib, bu yorliqni olganlar barcha soliq, to‘lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig‘i, odatda, amir, bek, saroy amaldorlari, sayidlar kabi yuqori tabaqa vakillariga berilgan hamda ular iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta mavqega ega bo‘lganlar Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda masjid, madrasa, xonaqoh, maqbaralar barpo etilib ularning barchasiga katta er maydonlari, sug‘orish tarmoqlari, do‘konlar, korxonalar, tegirmonlar, objuvozlar, karvonsaroylar berilgan bo‘lib, ular mulki vaqf deb atalgan. Bu mulklardan tushgan daromad masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning ta’mirlash va jihozi, shuningdek, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan maosh, musofirxona va shifoxonalarning kundalik xarajatlari (oziq-ovqat, yoqilg‘i va yoritg‘ichlar) uchun sarf etilgan. Bu davrda dehqonchilik erlarining ma’lum bir kichikroq qismi qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo‘lgan va bunday erlar jamoa mulki hisoblangan. Jamoa erlari ko‘proq tog‘ oldi tumanlarining suvga tanqis erlarida, adirlardagi suv chiqmaydigan erlarda joylashgan. Bunday erlar qishloq jamoalarining kuchi bilan mayda suv omborlari (jilg‘alar yordamida) yoki korizlar qazib, mashaqqatli mehnat tufayli o‘zlashtirilgan hududlarda paydo bo‘lgan hamda jamoa mulkiga aylangan. Ular ma’lum muddat soliqlardan ozod etilgan. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda ekin maydonlariga ishlov beruvchilar muzoriy Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling