3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1367099
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
3-mavzu (1)

xazinador, xonsolar (dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi 
(podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va 
mana shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar, 
bitikchilar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar kabilar mavjud bo‘lgan.
Mamlakatdagi ijroya tizimi markazdagi vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan. Amir Temur 
somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginlar davrlaridagi ijroya hokimiyatining 
vazirliklar tizimini o‘z davriga moslab, yangi asoslarda qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Davlat boshqaruvida 
quyidagi vazirliklar mavjud edi: 
1. 
Mamlakat va raiyyat vaziri – bosh vazir hisoblanib u mamlakatning muhim ishlari, kundalik 
muammolar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar va ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, 
obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazinaning ahvoli kabilarga mas’ul bo‘lgan hamda mazkur masalalar 
bo‘yicha hukmdorga tegishli ma’lumot va hisoblar berib turgan. 
2. 
Harbiy ishlar vaziri – harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan er-
suvlar boshqaruvi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo‘lib xizmatga 
yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash, iste’foga iqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan 
mashg‘ul bo‘lgan 
 3. Mulkchilik va soliq ishlari vaziri – turli sabablarga ko‘ra egasiz va qarovsiz qolgan mol-mulklarni 
nazoratga olish va qo‘riqlash, savdogarlardan zakot va boj undirib olish, mamlakat chorvalari, o‘tloq-
yaylovlarni boshqarish, er solig‘i, chorva solig‘i, zakotlarni o‘z vaqtida yig‘ilishi va o‘z vaqtida davlat 
xazinasiga tushishini nazorat qilish, mulkchilikdagi merosxo‘rlik tartiblarini amalga oshirish kabi vazifalarni 
bajargan. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling