3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1367099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
3-mavzu (1)

kengashlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy 
masalalarni hal qilishda katta va kichik kengashlar chaqirilib turilgan. Katta kengashlar tinchlik vaqtlarida 
Samarqanddagi hukmdor saroyida chaqirilgan. Unda oliy hukmdorning qarindosh urug‘lari, yuqori 
martaba va mavqega ega bo‘lgan ruhoniylar tabaqasining vakillari, bosh amirlar, beklarbegi, ulus, tuman 
hokimlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar, bahodir unvoniga ega bo‘lgan harbiylar kabilar ishtirok 
etganlar. Ushbu kengashda mamlakat hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Kichik 
kengashda Amir Temur, uning o‘g‘illari, qarindoshlari, qo‘shin boshliqlari ishtirok etganlar. Unda uzoq 
mamlakatlarga harbiy yurishlar bilan bog‘liq masalalar hal qilingan.
Amir Temur davrida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta 
davlat boshqaruv apparati shakllangan. “Tuzuklar”da mukammal davlat boshqaruvini tashkil etish 
quyidagicha ifodalanadi: 

davlat daxlsizligini va mustahkamligini har tomonlama muhokama qilish; 

oliy hukmdor hokimiyatining cheklanmaganligi hamda mustaqil siyosat yurgizishi; 

vazirlarga yuklatilgan majburiyatlar va ular bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar; 

markazga tobe bo‘lgan mulk(ulus)lar amirlari hamda tuman hokimlarining vazifalari; 

oliy davlat kengashi; 



davlat xavfsizligi va mustahkamligi, joylardagi jamoat tartibi hamda mamlakat tinchligi, 
osoyishtaligini saqlash; 

muntazam qo‘shin tashkil etib, qo‘shin qo‘mondonlarini tayinlash, lavozimlarga ko‘tarish, 
rag‘batlantirish va ularga maosh to‘lash; 

aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash; 

harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko‘rsatganlarni(noiblar, amirlar , sipohiylar va boshq.) 
rag‘batlantirish; 

Harbiy yurishlar va janglar paytida qo‘shinning joylashuvi va ularni ajratib turuvchi belgilar. 
SHuningdek, “Tuzuklar”da Amir Temurning boshqaruv faoliyatini kuchli nazorat qilish, odamlardan 
unumli foydalanish, ularni o‘z atrofiga to‘plash va birlashtirish, katta-kichik tadbirlarni tashkil qilish 
borasida tutgan yo‘li haqidagi ma’lumotlar ham saqlangan. Bu borada manbalarda Sohibqiron tilidan 
shunday deyiladi: “Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa 
qilich bilan bajo keltirilishini angladim. (Donishmandlar) demishlarkim, o‘z o‘rnida qo‘llangan tadbir bilan 
ko‘plab lashkarning qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakat darvozasini ochib, favj-favj lashkarni engib 
bo‘lur. Tajribamda ko‘rilgankim, azmi-qat’iy, tadbirkor va hushyor, jang ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi 
mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. CHunki tajribali kishi minglab odamga ish buyuradi... YAna 
mening tajribamdan o‘tmishkim, garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa 
ham, aqli raso va xushyor kishi mulohazakorlik, tadbir va kengashga tayanishi lozim. SHuning uchun 
Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam aytganlaridek, har bir ishni qilishga kirishar 
ekanlar, avval obdon o‘ylab, (amirlarim bilan) kelishdim. Maslahatchilar va kengash ahli yig‘ilganda 
oldimizdagi ishlarni yahshi-yomoni, foydayu-ziyon tomonlari, ularni qilish qilmaslikdan so‘z ochib, ulardan 
fikr surar edim. Ularning so‘zlarini eshitgach, shuning har ikki tomonini mulohaza qilib, foyda-ziyonlarini 
ko‘ngilga keltirardim. Uning xatarli tomonlariga ko‘proq e’tibor berar edim. Qaysi bir ishda ikki bir xatar 
mavjud bo‘lsa, uni bajarishdan voz kechardim va bir xatarlik ishni ixtiyor etardim... Ishlarning barini 
kengash bilan yuritib, uni bitirishda to‘g‘ri tadbir qo‘llar edim. Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib 
chiqish yo‘llarini mo‘ljallab qo‘yar edim. Uni to‘g‘ri tadbir, qat’iy jazm, chinlik-chidamlik ko‘rsatib, 
ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘rib, ortini o‘ylagan holda oxiriga etkazardim. ” 
Zamonaviy adabiyotlarda keltirilishicha, Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning 
quyidagi sakkizta asosiga amal qildi: 

davlat o‘z vazifasini bajarmog‘i uchun, eng avvalo, siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi; 

davlat va jamiyatning yaxlitligi buzilmasligi; 

davlat va jamiyat muayyan bir qonunlar, trtiblar va mafkura asosida boshqarilmog‘i; 

boshqaruvning turli tabaqalari, yo‘nalishlari, sohalarini muvofiqlashtirib turuvchi ma’lum bir tizim 
shakllangan bo‘lishi; 

jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ahvoli davlat e’tiborida bo‘lishi; 

fan va madaniyatning ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urishiga davlat ahamiyatiga molik qat’iy 
siyosat sifatida qarash; 

har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra, davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi 
dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi; 

davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur, mustahkam iymon, g‘oyat 
yuksak ma’naviyat va millatparavchilik ila anglamog‘i. 
Ta’kidlanishicha, (A. Ziyo) Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti tarixida tutgan buyuk 
o‘rni shundaki, u o‘zining butun faoliyati mobaynida ana shu asoslarni ro‘yobga chiqara oldi. YA’ni, Temur 
bir yuz ellik yil qaramlikdan so‘ng davlat siyosiy mustaqilligini tikladi; o‘z davrida mavjud sharoit, to‘ro-
tuzuklar asosida jamiyat hayotini boshqarishni yo‘lga qo‘ydi; markazlashgan davlat tizimini yaratdiki, o‘z 
zamonasi uchun bu dunyo miqyosidagi taraqqiyparvarlar voqea hisoblangan edi; iqtisodiy munosabatlar 
(dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq) rivoji uchun barcha ichki va tashqi sharoitlarni barpo etishga 
qattiq kirishdi; ijtimoiy munosabatlarni (soliq tizimi, mulkchilik, turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlarini 
nazarga olish va hok.) muhim deb bildi; hukmronligining dastlabki kunlaridan to umrining oxirigacha fan 
va madaniyat ravnaqiga alohida diqqat bilan qaradi; o‘z davri shart-sharoitiga ko‘ra, tashqi siyosatida 


qat’iy va faol hamda maqsadga muvofiq ravishda harakat qilib, davlatni saltanat mavqeiga olib chiqdi; 
o‘lkani dunyoning eng buyuk va siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylantirdi.
SHu bilan birga Amir Temur yuqoridagi sakkizta asosni yana bir to‘qqizinchi asos bilan boyitdi. U 
ham bo‘lsa, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va manfaatlarini 
ta’minlashdan iboratdir. Amir Temur bo‘yicha bunday tabaqalar o‘n ikkita bo‘lib, ularda jamiyatning 
barcha tarkibiy qismlari o‘rin olgan. Bu tabaqalar quyidagilar edi: 
1.Sayyidlar, olimlar va shayxlar. 
2.Katta tajribaga ega ilmli kishilar. 
3.Duo qiluvchi taqvodorlar. 
4.Lashkarning sipohlari, sarhang va amirlar. 
5.Askar va xalq ommasi. 
6.Davlat boshqaruv ishlarini ipidan ignasigacha biladigan maslahatgo‘y, dono va aqlli kishilar. 
7.Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i. 
8.Tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar. 
9.Muhaddislar va muarrixlar. 
10.Tasavvuf vakillari va oriflar. 
11.Hunarmandlar va san’atkorlar. 
12.Ajnabiy sayyohlar va savdogarlar.
YUqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davri davlatchiligini ma’muriy-boshqaruv tizimidagi 
tartiblr bilan aloqador holda uning harbiy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lganligidan ham dalolat beradi. 
Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi masalalari bo‘yicha so‘nggi yillardagi tadqiqotlar (SH. 
O‘ljaeva) natijalariga ko‘ra, bu davr davlat boshqaruv asoslari zamonlar sinovidan hamda, amaliyotda 
tajribadan o‘tgan eng afzal boshqaruv asoslarini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, u keyinchalik ko‘plab davlatlar 
boshqaruvida asos sifatida tanlangan. Amir Temur va temuriylar davlat boshqaruv asoslari jamiyat va 
davlatni kuchli taraqqiyotga olib kelgan omillardan sanalgan. SHuningdek, bu asoslar xalqaro, siyosiy-
diplomatik va savdo-iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga xizmat qilgan. Bu davrdagi xalqaro munosabatlari 
va markazlashuv qoidalari muvofiqlashtirilganligi davlat boshqaruv asoslarini mustahkamlashga xizmat 
qilgan omillardan biri edi.
Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan davlat boshqaruv asoslari qonunlar ustivor bo‘lgan va 
fuqarolarning himoyasi, tinchligi va barqarorligi ta’minlangan jamiyat asoslarining yuzaga kelishiga katta 
imkoniyatlar yaratgan. Qonun ustivorligiga, adolat tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda 
qat’iy amal qilingan. Amir Temur va temuriylarning boshqaruvida maslahatu mashvaratga tayanish 
davlatning bexato siyosat yuritishga olib boruvchi omillardan biri hisoblangan. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling