3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi
zobitona; dorug‘alarga dorug‘ona
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu (1)
zobitona; dorug‘alarga dorug‘ona; suv taqsimlovchi miroblar foydasiga mirobona kabilar to‘langan.
Bu davrda bog‘ va daraxtzorlardan tanobona, mol sardaraxt, yaylovlardan mol o‘tloq va suvloq kabi soliqlar olinib, ularni to‘plashda an’anaviy tartib-qoidalarga amal qilingan. CHorva mollaridan qirqdan bir miqdorda zakot solig‘i olingan. CHegara hududlarida bojxonalar bo‘lib, chetdan keladigan savdogarlardan ma’lum miqdorda boj undirilgan. Mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i to‘laganlar. Tashqi siyosat va diplomatiya. Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha (SH. O‘ljaeva) Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z qudratining undan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyati tufayli erishgan. Sohibqironning vorislari Mironshoh, Ulug‘bek, SHohruh, Husayn Boyqaro, Bobur kabi yirik davlat arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Amir Temurning diplomatik merosiga amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirganlar. Tinchlik, tomonlar manfaatdorligi, raqibiga shavqat qilish va unga katta imkon yaratish, har qanday og‘ir sharoitda ham elchini qadrlash, tashqi siyosat va diplomatiya qoidalariga qat’iy amal qilish, inson hayoti daxlsizligi Amir Temur tashqi siyosati va diplomatiyasining asosi hisoblangan. CHunonchi, Amir Temur maktublaridan birida, “Elchiga o‘lim va bandilik yo‘qdir, elchining gardanidagi vazifa buyruqni aniq etkazishdan boshqa narsa emasdir”, deb yozadi. Amir Temurning tashqi siyosati va diplomatiyasining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri shundaki u, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa, bir dinni boshqa dinga, bir mafkurani o‘zga mafkuraga qarshi qo‘ymay, har ikki ziddiyatli tomonning manfaatlarini ifoda etadigan muammoning ijobiy echimini hamda ular o‘rtasidagi taraqqiyot yo‘lini topishni asosiy masala deb bilgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, Sohibqiron diplomatik munosabatlarda tashabbus ko‘rsatib, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga intilgan. Uning tashqi siyosati va diplomatiyasi tinchlik va tenglik, doimo raqibiga yon bosish, diniy va dunyoviy bag‘rikenglik g‘oyalariga asoslangan. Amir Temurning qarashlariga ko‘ra, inson irqi, dini, millati, kelib chiqishi va qaerda yashashidan qat’iy nazar, er yuzining barcha eri hamma inson uchun muqaddas bo‘lmog‘i kerak. Sohibqironning tashqi siyosati hamda diplomatiya borasidagi bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlari Xorazmdagi So‘fiylar sulolasi (YUsuf So‘fi), Oltin O‘rda xoni To‘xtamish, Misr hukmdori Faraj, Turkiya sultoni Boyazid kabilar bo‘lgan munosabatlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ta’kidlash joizki, Amir Temurning kuchli va puxta diplomatik salohiyati tufayli dinlar, mafkuralar, madaniyatlar, iqtisodiyotlar, siyosatlararo munosabatlar zamon talablari hamda vaziyat taqozosi darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Ma’lumki, Amir Temur murakkab tarixiy sharoitida tashqi siyosat olib borgan edi. CHunki o‘sha davrdagi vaziyat, ya’ni, CHingiziy mug‘ullarning xavfi kuchli ekanligi, CHig‘atoy ulusini birlashtirish va egalik qilish, Xorazm, Oltin O‘rda, Mug‘uliston, Eron, Xuroson kabi o‘z davrining kuchli davlatlari bilan munosabatlar masalalarida davlat manfaatlariga mos tashqi siyosat yurgizishni taqazo etardi. Sohibqironning tashqi siyosatdagi ustivor maqsadi – oqibatli qo‘shnichilik, tingchlik va hamkorlik bo‘lib, Xorazm ustiga bir necha yurishlar va Urganchning vayron etilishi sufiylar sulolasi vakillarining uzoqni ko‘rmay yuritgan siyosati natijasi edi. CHunki sufiylarga uzoq vaqt hamda katta imkoniyatlar yaratilgan edi. Amir Temurning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri – Movarounnahrning xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan. Xorazmdagi sufiylar sulolasi, Fors viloyati hokimi SHoh SHujo’, Ozarbayjon hokimi Tahurtan, Mug‘uliston hokimi Qamariddin, Oltin O‘rdadagi To‘xtamishxon, Oq O‘rdadagi Temur Malik kabilar bilan bo‘lgan munosabatlar zamirida ham ana shu maqsad yotardi. Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Amir Temur manfaatlari mushtarak, madaniyatlari va dinlari umumiy bo‘lgan qo‘shni davlatlarni tobe qilganligini, joriy podsholiklar bilan oraliq davlatlarni kuch yoki diplomatiya bilan egallanganligini e’tirof etadilar. Itoatkorlik, to‘langan soliq va bojlar evaziga Sohibqiron ularga yordam va harbiy muhoqaza va’da qilib, o‘z hollariga qo‘yib bergan. Usmonli turklarning qo‘shnisi Ozarbayjon, Turkman amirligi, Gruziya, Qashg‘ar, Hindiston kabilar bunga misol bo‘la oladi. Ushbu qaram yoki ittifoqdosh davlatlar atrofida Rus erlari, Oltin O‘rda, Turkiya, Suriya, Bag‘dod sultonligi, Dehli sultonligi, Xitoy kabi kuchli tashqi podsholiklar turgan. Amir Temurni Evropa davlatlari bilan olib borgan tashqi siyosati ham e’tiborga sazovordir. CHunonchi, Boyaziddan engilgan Kichik Osiyodagi mayda sultonliklarning hokim va amirlari Temurdan madad istab, uning Qorabog‘dagi o‘rdagohiga borib qaror topadilar. Vizantiya va Genuya hokimlari noiblari, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari najot so‘rab Sohibqironga murojaat qiladilar. SHuningdek, Boyazidga qarshi birgalikda zarba berish maqsadida Vizantiya imperatorining Konstantinopldagi noibi Ioann VII Paleolog va Genuyaning Peradagi (Konstantinopol yaqinida) hokimi Trabzon (Trapezund) imperatori Manuil III vositasida Temurga murojaat etganlar. Amir Temur Boyazid bilan bo‘lajak janglarda Trabzon va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qildi. SHu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga sovg‘a-salomlar hamda maktublar bilan Vatikan vakili Ioann Galonifontibus boshchiligida elchilar yuboradi. Sohibqiron o‘z davrida Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan xam aloqalar o‘rnatib, yozishmalar olib boradi. Bu munosabatlar dastavval Turkiya ustiga yurish munosabati bilan boshlangan bo‘lsa-da, g‘alabadan so‘ng G‘arbiy Evropa mamlakatlari bilan bo‘lgan aloqalarning mazmuni tubdan o‘zgardi. Endilikda, Temur ular bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda elchilik va o‘zaro savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar bilan cheklanadi. SHu maqsadda Fransiya va Angliyaga elchilar yuborilib, Ispaniyadan (Klaviho) elchilar qabul qilinadi. Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyo, xususan, hozirgi O‘zbekiston hududlarining tashqi siyosati va diplomatiyasida xalqaro savdo hamda madaniy aloqalar muhim o‘rin tutganligi bizga tarixdan ma’lum. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, xalqaro karvon yo‘llari xavfsizligini to‘la ta’minlashga erishdi. SHu tufayli, XIV asrning 70-yillaridan boshlab Buyuk ipak yo‘lining Movarounnahr orqali o‘tgan markaziy tarmog‘i shimoliy yo‘nalishiga qaraganda xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalarda muhim o‘rin tuta boshladi. Movarounnahr bo‘ylab xalqaro savdo karvonlari harakatining qaytadan jonlanishi, shaharlar taraqqiyotiga, iqtisodiy-madaniy aloqalarning yuksalishiga olib keldi. Amir Temur va Temuriylar davri Buyuk ipak yo‘li faoliyatining so‘nggi va rivojlangan bosqichi bo‘ldi. Savdo yo‘llarida xavfsizlikning ta’minlanishi, savdo-sotiqning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi, shaharlarning markazlar sifatidagi ahamiyati oshishi ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojiga olib keldi. Bu yo‘lning mamlakatimiz hududi orqali o‘tgan markaziy yo‘nalishlarining faoliyati yanada rivojlandi. Xullas, Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida, davlat boshqaruv asoslari nazariy jihatdan puxta ishlab chiqilib, amaliyotga jadal joriy etilgan. Davlat kam ta’minlangan, kambag‘al va etim-esirlarni ijtimoiy jihatdan kuchli himoya qilgan. Bu davrda davlat rahbariga alohida e’tibor berilib, rahbarning avvalo komil inson bo‘lmog‘i, axloqiy barkamolligi talab etilgan. Davlat rahbari qonunchilikni, boshqaruv san’atini mukammal egallagan hamda davlatni aniq va puxta ishlab chiqilgan qonunlari orqali boshqargan. Amir Temur va temuriylar davri davlatni boshqarish apparati – markaziy boshqaruv organlari, ular o‘rtasidagi o‘zviy aloqalar mukammal yo‘lga qo‘yilgan. SHuningdek, markaziy va mahalliy boshqaruv, ularning bir- biriga bo‘ysunishi, bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlar ma’muriy jihatidan muvofiqlashtirilgan. Bu davr o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi eng yorqin sahifalardan bo‘lib, mazkur davrda ajdodlarimizning ichki va tashqi siyosatdagi imkoniyatlari keng bo‘lib, bu boradagi salohiyati to‘la-to‘kis namoyon bo‘ldi. Movarounnahr dunyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylanib, davlatning qudratini Evropadan Xitoyga qadar bo‘lgan hududlardagi davlatlar e’tirof etdilar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling