3-4-ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari. Reja


Download 25.92 Kb.
bet5/7
Sana21.10.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1714402
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-4-ma\'ruza

Panjarali topologiyalar.
Modomiki, ilmiy–texnik masalalarning sezilarli pog’onadagi qismi massivlarga ishlov berish bilan bog’langan ekan, bunday masalalarga mo’ljallangan hisoblash tizimining topologiyalarida ham buni hisobga olishga intilish tabiiydir. Bunday topologiyalar panjarali topologiyalar bo’lib, ularning konfigurasiyasi massivning ko’rinishi va o’lchami bilan aniqlanadi. Bir o’lchamli massivlarga misol qilib, zanjir va halqani keltirish mumkin. Ikki o’lchamli ma’lumotlar massivlariga har biri eng yaqin qo’shnisi bilan bog’langan bog’lamalarning yassi to’g’riburchakli matrisali topologiyalari to’g’ri keladi (3.5,a-rasm). O’lchami mxm bo’lgan bunday tarmoq quyidagi ko’rsatkichlarga ega: D = 2(m- l); d=4; I=2N-2m; V-m.
Agar chap va o’ng ustunlarning bir xil nomli bog’lamalarini yoki yassi matrisaning quyi va yuqori satrlarining bir xil nomli bog’lamalarini axborot yo’li bilan birlashtirsak, yassi konstruksiyadan silindr ko’rinishidagi topologiyaga ega bo’lamiz (3.5,a-rasm, o’ng tomonda). Si­lindr topologiyasida matrisaning har bir qatori (yoki ustuni) halqa ko’rinishida bo’ladi. Agar bir vaqtning o’zida yassi matrisa ikkala yo’nalishda tutashtirilsa, toroidal topologiyaga ega bo’lamiz (3.5,v-rasm).
To’liq aloqali topologiya.
To’liq aloqali topologiyada (3.5,b-rasm), shuningdek “maksimal guruhlangan” nomi bilan ma’lum bo’lgan topologiyada, har bir bog’lama qolgan hamma bog’lamalar bilan to’g’ridan – to’g’ri ulangan bo’ladi. N bog’lamalardan tashkil topgan tizim quyidagi ko’rsatkichlarga ega: D=1; d=N-1; I=N(N-1)/2; B=N2/4.
Agar tizimning o’lchami katta bo’lsa, topologiya qimmatbaho va qiyin amalga oshiriladigan bo’ladi. Bundan tashqari, maksimal guruhlangan topologiya unumdorlikni yaxshilanishini ta’minlamaydi, chunki har bir jo’natish operasiyasi bog’lamadan o’zining hamma N – 1 kirishining holatini tahlil qilishini talab qiladi. Bu operasiyani jadallashtirish uchun hamma kirishlar parallel tahlil qilinishi kerak, bu o’z navbatida bog’lamalarning konstruksiyasini murakkablashtiradi.

Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling